• 06 ноября 2023 в 22:10
  • 0
  • 0

Ekspertlar O’zbekistonda o’tgan 9 oy davomida ishlab chiqarishida erishilgan asosiy o‘sish omillarini tahlil qildi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2023-yilning 9 oyi (yanvar-sentyabr) davomida sanoat ishlab chiqarishida erishilgan asosiy o‘sish omillarini tahlil qildi.

Unga ko'ra, yanvar-sentyabr oylarida sanoat ishlab chiqarishi 5,7 foizga oshdi. Tahlil qilinayotgan davr boshida sanoat faoliyatining deyarli barcha asosiy sohalari pasayishni yengib, ijobiy o‘sish sur'atlariga erishdi.

Sanoat ishlab chiqarishi hajmining qisqa vaqt ichida tiklanishi zamirida korxonalarning o‘z vaqtida turli xil imtiyozlar va investitsiyalar hisobiga qo‘llab-quvvatlanishi kabi omillar yotadi.  

Sanoatni rivojlantirish uchun yo'naltirilayotgan investitsiyalar hajmi 113,2 trillion so‘mgacha oshdi. Bu esa iqtisodiyotga kiritilayotgan jami investitsiyalarning salkam yarmi (49,9 foiz) demakdir. Bu o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 6,2 foiz punktiga yuqori.

Shu jumladan, tog'-kon sektoriga kiritilgan investitsiyalar ulushi 9,9 foizga (+3,9 f.p.), ishlab chiqarish sanoatiga kiritilgan investitsiyalar ulushi 28,9 foizga (+0,5 f.p.), energiya ta'minoti sohasiga kiritilgan investitsiyalar ulushi 7,9 foizga (+ 1,1 f.p.) oshgan.

Tarmoqlarni tartibga solish va manzilli qo‘llab-quvvatlashning bevosita va bilvosita dastaklaridan foydalanish quyidagi natijalarga erishish imkonini berdi:

- tog '- kon sanoatida ishlab chiqarish hajmini barqarorlashtirish (100,4 foiz).- energiya ta'minotida o‘sish sur’atini saqlab qolish (108,9 foiz);- qayta ishlash sanoatida mahsulot ishlab chiqarish sur'atini oshirish (106,4 foiz);

Daromad olishda o‘sish sur'atini ta'minlagan tarmoqlar tahlilidan kelib chiqqan holda o‘tkazilgan reyting baholash natijalari sanoat faoliyatidagi eng serdaromad 5 ta sohani aniqlash imkonini berdi. Soliqlar to‘lanishidan oldingi Respublika daromadlari tarkibida ushbu tarmoqlar ulushi oshgani kuzatildi:

- avtotransport vositalari, treylerlar va yarim tirkamalarni ishlab chiqarish (+2,13 f.p);- ichimliklarni ishlab chiqarish (+2,1 f.p);- metall rudasini qazib olish (+1,5 f.p);- qurilish materiallarini ishlab chiqarish (+0,7 f.p);- kiyim-kechak ishlab chiqarish (+0,3 f.p).

Sanoatda olib borilayotgan siyosat o‘sishni ta’minlash va barqaror rivojlanishga o‘tishda bundan keyin ham zaxiralarni jalb qilish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Joriy davrning ustuvor vazifalari:

- bundan keyin ham daromadlarni oshirish va xarajatlarni kamaytirish uchun shart-sharoitlarni takomillashtirish hisobiga sanoat korxonalarining moliyaviy barqarorligini oshirish;

- sanoatni rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari hisobidan loyihalarni investitsiyalashni faollashtirishdan ko‘zda tutilgan maqsad raqobatbardoshlikni oshirish, yuqori texnologiyali tarmoqlarni rivojlantirish, hududlarda sanoat salohiyatini oshirishdir.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Торжественное мероприятие в честь Дня таджикской печати состоялось в Бохтаре
      вчера в 13:55   Таджикистан
    В Нью-Йорке обсуждены вопросы расширения возможностей женщин в Таджикистане
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Генеральный консул Литвы посетила ОшГУ
      13 марта 2026 в 17:40   Кыргызстан
    O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi
      13 марта 2026 в 23:05   Узбекистан
    В Бишкеке прошло совещание по координации научно-образовательного сотрудничества в области исследований горных регионов
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    Адылбек Касымалиев ознакомился с состоянием ряда медицинских учреждений в Иссык-Кульской области
      13 марта 2026 в 15:10   Кыргызстан
    Студенты сельскохозяйственного колледжа ОшГУ встретились с работодателями
      13 марта 2026 в 16:55   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло масштабное мероприятие, посвященное Международному женскому дню
      13 марта 2026 в 16:10   Кыргызстан
    В Дангаринском районе организован «Городок Навруза»
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    Министр транспорта Таджикистана провел переговоры с представителями Всемирного банка
      13 марта 2026 в 21:50   Таджикистан