• 14 марта 2024 в 22:10
  • 0
  • 0

Davlat va xususiy korxonalarga qancha miqdorda soliq imtiyozlari berilmoqda?

O'zbekistonda har bir yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlariga turli miqdorlardagi soliq imtiyozlari berib kelinmoqda. Soliq qo‘mitasi 2023-yilda berilgan imtiyozlar bo‘yicha maʼlumotlarni taqdim qildi.

O‘tgan 2023-yil davomida barcha korxonalarga jami 13,2 trln so‘mdan ortiq soliq imtiyozlari qo‘llangan.

Ishlab chiqarishdagi soliq imtiyozlari

O‘tgan yili ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 67 322 ta yuridik shaxs tomonidan 41,6 trillion so‘mga yaqin soliq to‘langan. Shundan 18,9 trillion so‘mi 20 ta soliq to‘lovchi hisobiga (NKMK va OKMK AJdan tashqari) to‘g‘ri keladi. Ularga yil davomida qariyb 2,5 trillion so‘mlik soliq imtiyozlari qo‘llangan. Imtiyoz olgan yirik soliq to‘lovchilarning aksariyati davlatga qarashli. Ular orasida “O‘zbekneftgaz” AJ (4,8 trillion so‘m soliq to‘lagan), UzAutoMotors (2,5 trillion so‘m soliq to‘lagan) va boshqalar bor.

Xizmat ko‘rsatish sohasida soliq imtiyozlari

2023-yil yanvar–dekabr oylarida xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 166 938 ta yuridik shaxs tomonidan 27,5 trillion so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Shundan 4,8 trillion so‘mdan ortig‘i, yaʼni 17,7 foizi 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularga qo‘llangan soliq imtiyozlari miqdori 3,7 trillion so‘mni tashkil etgan. Mazkur korxonalar orasida “O‘zbektelekom” AJ (1,1 trillion so‘m) va Unitel MCHJ XK (842 milliard so‘m) eng ko‘p soliq to‘lagan.

Savdo sohasidagi soliq imtiyozlari

O‘tgan yili savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 151 340 ta korxona tomonidan jami 20,3 trillion so‘mga yaqin soliq to‘langan. Shundan 1,8 trillion so‘mi, yaʼni 8,8 foizi 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Mazkur 20 korxonaga qo‘llangan soliq imtiyozlari miqdori 759,1 milliard so‘mni tashkil etgan. Kompaniyalar orasida soliq to‘lash bo‘yicha birinchilikni Anglesey Food MCHJ XK (208,8 milliard so‘m) egallagan.

Umumiy ovqatlanishda soliq imtiyozlari

2023-yil yanvar–dekabr oylarida umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 20 378 ta yuridik shaxs tomonidan 999,4 milliard so‘m soliq to‘langan. Shundan 170,7 milliard so‘mi (17,1 foizi) 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularga (20ta korxonaga) qo‘llangan soliq imtiyozlari miqdori 26,3 milliard so‘mni tashkil etgan. International Foodchain MCHJ (59,8 milliard so‘m soliq to‘lagan) birinchilikni egallagan.

O‘rta korxonalarga soliq imtiyozlari

O‘tgan yilda 16 082 ta o‘rta tadbirkorlik subyekti tomonidan 18,6 trillion so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Shundan 563,3 milliard so‘mi 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularga qo‘llangan soliq imtiyozlari miqdori esa 29,1 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Kichik korxonalarga soliq imtiyozlari

2023-yilda 64 272 ta kichik biznes korxonasi tomonidan 10,9 trillion so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Ularga qo‘llangan soliq imtiyozlari 4,1 milliard so‘mni tashkil etgan.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Марат Иманкулов принял участие в церемонии закладки капсулы под строительство образовательного комплекса «Имам Серахси»
      сегодня в 11:10   Кыргызстан
    Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi raisi etib saylandi
      08 октября 2025 в 23:05   Узбекистан
    Shaxlo Ibragimova Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi
      09 октября 2025 в 23:05   Узбекистан
    В Бишкеке ход реализации Стратегии развития Жогорку Кенеша до 2027 года
      09 октября 2025 в 17:40   Кыргызстан
    Akbar Jo‘rayev uch karra jahon chempioni bo‘ldi
      сегодня в 17:50   Узбекистан
    КРСУ и Профессиональный футбольный клуб «Алга» заключили соглашение о развитии студенческого спорта
      вчера в 19:10   Кыргызстан
    Садыр Жапаров ознакомился с ходом реконструкции и расширения Международного аэропорта «Манас»
      09 октября 2025 в 15:10   Кыргызстан
    В селе Кызыл-Мээнет стартовал турнир по футболу на кубок ОшГУ
      вчера в 15:10   Кыргызстан
    «O‘zbekiston G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha erishilgan kelishuvni olqishlaydi» — TIV
      вчера в 23:05   Узбекистан
    В Таджикистане пройдут Дни кино Ирана
      09 октября 2025 в 13:55   Таджикистан