2023 yilning 9 oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18,4 foiz ko‘proq yoki 12,2 trln so‘mlik ipoteka kreditlari ajratilgan.
Markaziy bankning ipoteka kreditlari bo'yicha taqdim etgan sharhida birlamchi bozordan ipoteka hisobiga uy-joy sotib olish 7,1 trln so‘mgacha qisqargani ko'rsatilgan (o‘tgan yilning shu davrida qariyb 8 trln so‘m).
Banklar o‘z mablag‘lari hisobidan qariyb 4 trln so‘m ipoteka ajratgan (o‘tgan yilning shu davrida 2,6 trln so‘m).
Ipotekani qayta moliyalash kompaniyasi mablag‘lari hisobidan o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 10 barobardan ko‘proq, 1,3 trln so‘m ipoteka kreditlari moliyalashtirilgan.