• 01 августа 2025 в 22:10
  • 0
  • 0

Ayrim imtiyozli kreditlar bo'yicha to'langan foiz to'lovlarining bir qismi subsidiya sifatida qaytariladi

Hukumat qarori (466-son, 24.07.2025-yil) bilan “Paxta xomashyosini yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni hosil yili yakuniga qadar qaytargan qishloq xo'jaligi subyektlariga ushbu kredit bo'yicha to'langan foiz to'lovlarining bir qismini subsidiya sifatida qaytarish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom paxta xomashyosini yetishtirish uchun Qishloq xo'jaligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash jamg'armasining kredit resurslari hisobidan ajratilgan imtiyozli kreditlar bo'yicha to'langan foiz to'lovlarining 4 foiz punktini subsidiya sifatida qaytarish tartibini belgilaydi.

Nizomga ko'ra, subsidiya oluvchi paxta xomashyosini yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlar va hisoblangan foiz to'lovlarini hosil yilining 31-dekabriga qadar to'liq qaytargan bo'lishi kerak.

Arizalar tijorat bankining Bosh ofisi Subsidiya.mf.uz" portali orqali yuboriladi.

Tijorat banki tomonidan barcha ma'lumotlar "Subsidiya.mf.uz" portaliga to'liq kiritilib, ariza shakllantirilgandan so'ng ajratiladigan subsidiya miqdori avtomatik ravishda hisoblab chiqiladi.

Subsidiya oluvchining soliqlar va majburiy to'lovlardan qarzdorligi bo'lmaganda, subsidiya mablag'laridan erkin foydalanadi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан