• 26 сентября 2025 в 22:10
  • 0
  • 0

Asaka Motors International va “Rosatom” O‘zbekistonda energiya saqlash qurilmalarini ishlab chiqarish ustida hamkorlik qiladi

Asaka Motors International (O‘zbekiston) va “Rosatom” (Rossiya) yonilg‘i divizioni litiy-ion akkumulyator batareyalari hamda energiya saqlash tizimlarini ishlab chiqarish sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishuv imzoladi, deb xabar berdi “Rosatom” matbuot xizmati.

Hujjat 25 sentyabr kuni Moskvadagi «Butunjahon atom haftaligi» doirasida imzolangan.

Tomonlar O‘zbekistonda elektromobillar va statsionar energiya saqlash tizimlari uchun tortuv akkumulyatorlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihasini yaratadi.

Yig‘uv liniyasi quvvatlarini aniqlash, butlovchi qismlarni mahalliylashtirish dasturini ishlab chiqish, salohiyatli buyurtmachilarni aniqlash, mahsulotlarni Markaziy Osiyo mamlakatlari va boshqa xalqaro bozorlarga eksport qilish imkoniyatlarini o‘rganish rejalashtirilmoqda.

“Rosatom”ning yonilg‘i divizioni (boshqaruv kompaniyasi — “TVEL” AJ) yadro yoqilg‘isini ishlab chiqarish, konversiya va uranni boyitish korxonalarini o‘z ichiga oladi. Matbuot xizmati maʼlumotlariga ko‘ra, “TVEL” 15 davlatdagi 70 dan ortiq energetika reaktorini, dunyoning 9 mamlakatidagi tadqiqot reaktorlarini, shuningdek, Rossiya atom flotining transport reaktorlarini yoqilg‘i bilan taʼminlaydi.

Yoqilg‘i divizionida, shuningdek, kimyo, metallurgiya, energiyani saqlash texnologiyalari, 3D bosib chiqarish, raqamli mahsulotlar va yadroviy foydalanishdan chiqarish sohalarida yangi korxonalar rivojlanmoqda.

Asaka Motors International 2019 yilda tashkil etilgan bo‘lib, BAA, Janubiy Koreya va Xitoydan avtomobillarni ulgurji yetkazib berishga ixtisoslashgan. Hozirda kompaniya O‘zbekistonda sanoat va yuqori texnologiyalar sohasidagi loyihalarni rivojlantirmoqda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан