2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonning MDH mamlakatlari bilan savdosi tahlil qilindi.
Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasining 34,9% MDH mamlakatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
O‘zbekiston Respublikasining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi joriy yilning yanvar-sentyabr oylari yakunlari bo‘yicha 12,7%ga o‘sib, $16,8 mlrd tashkil etdi.
- eksport – $6,6 mlrd. (+9,5%)
- import – $10,2 mlrd. (+14,8%)
MDH mamlakatlari bilan savdo aylanmasida eng ko‘p ulushlar Rossiya (51%), Qozog‘iston (18%), Turkmaniston (5%) va Qirg‘iziston (4%) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.