• 24 января 2025 в 22:10
  • 0
  • 0

2024-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 115 mlrd dollarga yetdi

2024-yilda O'zbekiston iqtisodiy o‘sishi prognozdagi ko‘rsatkichdan yuqori darajada shakllandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi maʼlum qildi.

2024-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 1,45 kvadrillion so‘mdan oshdi. Bu miqdor yil davomida Markaziy bank eʼlon qilgan dollar kurslarining o‘rtacha miqdoridan kelib chiqilsa, taxminan 115 mlrd dollarga teng bo‘ladi.Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yil yakunida O‘zbekiston aholisi soni 37 million 543 ming nafardan ortgan. Shunda YIM miqdori aholi jon boshiga kamida 3 ming dollardan to‘g‘ri keladi. Vazirlik maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilda tashqi savdo aylanmasi hajmi 65,9 milliard dollardan ortgan. Shundan eksport 26,95 milliard dollardan ortib, yillik 8,4 foizga o‘sgan. Import salkam 38,98 milliard dollarni tashkil etib, 0,8 foizga ko‘paygan.

Maʼlumot uchun, 2023-yilda O‘zbekistonining yalpi ichki mahsuloti hajmi 1 kvadrillion 66,5 trln so‘mni tashkil etgandi. Qayd etilishicha, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2023-yilda 6 foizga o‘sgan.

Mavzuga oid:

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti 2025-yilda 5,6 foizgacha o‘sishini prognoz qilmoqda 

O‘zbekistonning JSTga aʼzoligi yaqin 5-7 yil ichida YAIM qo‘shimcha 17 foizga o‘sishiga yordam berishi prognoz qilinmoqda

Markaziy Osiyo mintaqasi yalpi ichki mahsuloti nominal ko‘rinishda 20 yil ichida 7 baravar, real ko‘rsatkichda esa 4 baravar o‘sdi

Maqola muallifi: Malika Norboyeva


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан