Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-fevral oylarida jami 10,8 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Tailandga safar qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,1 ming nafarga yoki 2,3 barobarga oshgan.
Joriy yilning yanvar-fevral oylarida Tailandga borgan O‘zbekiston fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:
sayyohlik – 9 545 nafar;
qarindoshlarni yo‘qlash – 1 220 nafar;
xizmat yuzasidan – 32 nafar;
o‘qish – 5 nafar.