Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston xorijga qiymati 150,1 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 251,2 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.
Bu koʻrsatgich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,9 martaga yoki 115,5 ming tonnaga koʻpaygan.
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Pokiston (26,6 %), Rossiya (26,1 %), Qozogʻiston (9,1 %) va Xitoy (9 %) davlatlari hissasiga toʻgʻri kelgan.
2024-yilning yanvar-fevral oylarida meva-sabzavotlar eksporti ulushi jami eksportning 4,1 % ini tashkil etgan.