• 25 ноября 2023 в 22:10
  • 0
  • 0

10 oyda 202 turga yaqin elektrotexnika mahsuloti 68 ta mamlakatga eksport qilindi

"O‘zeltexsanoati" uyushmasi axborot xizmati rahbari Namoz Tolipov elektrotexnika sanoati korxonalarining 10 oylik faoliyati tahlili yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2023-yilning 10 oy yakuni bilan elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarish hajmi – 19 trln. so‘mni tashkil etdi, bu esa o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 1,3 barobar ko‘p degani.

Eksport hajmi esa 800 mln dollarga teng bo‘ldi, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 122 foizni tashkil etadi. Xususan, kabel-sim mahsulotlari eksporti 478 mln dollarni, maishiy texnika mahsulotlari 185 mln dollar, kuchlanish qurilmalari va boshqa elektrotexnika mahsulotlari eksporti 135 mln dollarni tashkil etgan.

Tahlillarga ko'ra, 202 turga yaqin elektrotexnika mahsulotlari bugun jahonning 68 ta mamlakatiga 96 ta eksportyor korxonalar tomonidan amalga oshirilgan.

Birgina, “GSP+” imtiyozlaridan foydalangan holda Yevropa mamlakatlarining o‘ziga 16 ta korxona ilk marotaba o‘z mahsulotlarini eksportga olib chiqqan. Yil yakuniga qadar 40 mln dollarlik mahsulotlar Yevropaga eksport qilinadi. Korxonalar tomonidan amalga oshirilayotgan mahsulotlarning aksariyat qismi Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston va Ozarbayjon kabi mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Germaniya, Chexiya, Fransiya, Angliya, BAA kabi davlatlar bozori ushbu yangi bozor sifatida o‘zlashtirildi.

Hududlarda esa 22 ta yangi loyiha ishga tushirilgan bo‘lib, qo‘shimcha 618 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Jumladan, Andijonda – 2 ta, Farg‘onada – 5 ta, Qashqadaryo – 2 ta, Jizzax – 2 ta, Navoiy-2 ta, Buxoro – 1 ta, Xorazm – 1 ta, Toshkent shahri – 5 ta, Toshkent viloyati – 2 ta.

Elektrotexnika sanoati korxonalarida mis xom ashyosi asosiy manba hisoblanadi. Endilikda misni qayta ishlash imkoniyatlari ham bu yo‘nalishda bir necha barobarga oshgan. 10 oy yakuni bilan korxonalar tomonidan 71,9 ming tonna qayta ishlangan.

 "Investisiyalar dasturi" doirasida umumiy qiymati $122.9 mln dollarlik investisiya mablag‘lari o‘zlashtirildi. Shundan $57,2 mln dollar mablag‘ to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar hisobiga to‘g‘ri keladi. Ayni paytda korxonalarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash jarayonlari jadallik bilan davom etmoqda. Ayni paytda Uyushma tomonidan Toshkent viloyatida “Mis klasteri” va Qashqadaryoda esa “Solar Cluster” loyihalari ham amalga oshirilmoqda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло заседание Комиссии по развитию исторической науки
      12 декабря 2025 в 11:10   Кыргызстан
    В ЦИК КР прошла встреча с главой Миссии наблюдения БДИПЧ ОБСЕ Тамашем Месеричем
      11 декабря 2025 в 13:40   Кыргызстан
    Международный фестиваль «Вышивка Пенджикента» объединил мастеров из разных стран
      вчера в 13:55   Таджикистан
    ОшГУ развивает сотрудничество с колледжами Узбекистана
      11 декабря 2025 в 11:10   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti barqaror rivojlanishni taʼminlash uchun tinchlik va ishonchni mustahkamlash muhimligini taʼkidladi
      12 декабря 2025 в 23:05   Узбекистан
    В Бишкеке стартовал традиционный дружеский футбольный турнир «Мурас» с участием Президента
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    Жээнбек Кулубаев встретился с Исполнительным секретарём ЭСКАТО
      12 декабря 2025 в 09:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston va Paragvay Prezidentlari Qoʻshma bayonot imzoladilar
      11 декабря 2025 в 23:05   Узбекистан
    В Национальной академии наук Таджикистана открыта лаборатория по экологической среде и использованию больших данных
      11 декабря 2025 в 21:50   Таджикистан
    Подведены итоги «Среднесрочной программы развития Республики Таджикистан на 2021-2025 годы»
      11 декабря 2025 в 22:50   Таджикистан