• 02 апреля 2025 в 22:40
  • 0
  • 0

YUNESKO bosh qarorgohida O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri o‘z mahoratini namoyish etdi

YUNESKO bosh qarorgohida O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri o‘z mahoratini namoyish etdi. Bu haqda Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva o'z rasmiy sahifasida ma'lum qildi.

"YUNESKO Bosh konferensiyasining Samarqandda bo‘lib o‘tadigan 43-sessiyasi arafasida, biz yurtimizning musiqasi, ijod olami, noyob ovozlari hamda bahor nafasini dunyo bilan baham ko‘rishda davom etyapmiz!

Bu — o‘zi uchun O‘zbekistonni kashf qilayotgan insonlar qalbiga eltuvchi eng qisqa yo‘l, mamlakatimiz targ‘ibotini ilgari suruvchi madaniy diplomatiya vositasidir. Biz har kuni shu ezgu maqsad yo‘lida harakat qilyapmiz, jahonga eng go‘zal qirralarimizni namoyish etmoqdamiz.

Aprel oyining ilk kunida YUNESKO bosh qarorgohida O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri o‘z mahoratini namoyish etdi. Orkestr ijrosida Sharqning buyuk shoirlari — Navoiy, Bobur, Umar Xayyom va Nodira asarlari asosida yaratilgan musiqiy taronalar taqdim etildi.

Alibek Kabdurahmonov va Rixter Trio boshchiligida Parijda “The Sands of Time” (“Vaqt qumlari”) konserti bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Nodira Pirmatova va G‘ulomjon Muhammadjonov yurtimiz tarixi va madaniy merosini sahnada o‘ziga xos tarzda jonlantirib, tomoshabinlarga an’anaviy musiqiy madaniyatning yangicha, mualliflik talqinini namoyish etdilar", deya yozgan u.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      сегодня в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      сегодня в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      сегодня в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      сегодня в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      сегодня в 22:10   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      сегодня в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      сегодня в 22:20   Таджикистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      сегодня в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      сегодня в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      сегодня в 23:05   Узбекистан