• 08 апреля 2024 в 22:40
  • 0
  • 0

Xivada “Lazgi” II xalqaro raqs festivali oʻtkaziladi

Joriy yilning 25-30-aprel kunlari Xorazm viloyatining Xiva shahrida “Lazgi” II xalqaro raqs festivali boʻlib oʻtadi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, YUNESCO shafeligida oʻtkazilayotgan “Lazgi” II xalqaro raqs festivalida bugunga qadar 18 ta davlatdan (Fransiya, Tojikiston, Turkmaniston, Qozogʻiston, Belarus, Rossiya, Turkiya, Qirgʻiziston, Serbiya,  Braziliya, Pokiston,  Italiya, Koreya, Indoneziya, Misr, Hindiston, Ozarbayjon, Eron) 20 ta raqs guruhlarining festivalga ishtirok etish istagi bildirilgan. Misr, Qozogʻiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Tojikiston madaniyat vaziri hamda AYSESO bosh direktori festivalda Faxriy mehmon sifatida ishtirok etishi kutilmoqda. 

Ayni vaqtga qadar 5 ta (Germaniya, Koreya, Oʻzbekiston, AQSH, Qozogʻiston) davlatdan hakamlikka nomzodlik uchun ariza kelib tushgani, “Lazgi” xalqaro raqs festivalini doirasida tashkil etiladigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etish uchun 50 ga yaqin mahalliy olimlarning, 25 dan ortiq xorijiy olim va soha vakillari, xususan: Hindiston; XXR (oflayn); AQSH (oflayn); Rossiya (oflayn); Turkiya (oflayn); Misr (oflayn); Qozogʻiston va boshqa davlat vakillaridan festivalda ishtirok etish toʻgʻrisida murojaat kelib tushgan.

Festivalning ochilish marosimi 25-aprel kuni tantanali ravishda tashkil etilishi va taniqli sanʼatkorlar ishtiroki rejalashtirilgan.

Maʼlumot uchun, 2022-yili Xorazm viloyatining Xiva shahrida boʻlib oʻtgan “Lazgi” xalqaro raqs festivali dunyoning 30 davlatidan 175 dan ziyod raqqosalar, raqs jamoalar, raqs sanʼati ustalari, musiqashunos va sanʼatshunos olimlar, taniqli sanʼatkorlar, mutaxassislar, faxriy mehmonlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан