• 18 ноября 2023 в 22:40
  • 0
  • 0

Surxondaryodagi qishloqlarning birida qariyb 5 kilometrga choʻzilgan qadimiy devor qoldiqlari topildi

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida – Koʻkabuloq, Yuqori Oybarak hamda Dahana qishloqlari oʻrtasida qariyb 5 kilometrga choʻzilgan qadimiy devor qoldiqlari aniqlandi.

Termiz davlat universiteti arxeologiya kafedrasining qadimshunos oʻqituvchisi Sarvar Toʻrayev tomonidan aniqlangan ushbu devor qoldiqlari nafaqat mahalliy, balki Fransiya va chexiyalik arxeolog olimlarda ham katta qiziqish uygʻotdi.

Devor asosan toshdan bunyod etilgan boʻlib, ularni biriktirish uchun loy aralashtirib qurilgan. Uzunligi 4 ming 300 metr atrofida, eni 4-6 metr, baʼzi joylarda 13 metrni tashkil etadi.

Qisqa muddatli qidiruv jarayonlarida ilk va rivojlangan oʻrta asrlarga oid ikki dona kamonning uch qismi hamda Kushonlar davrining soʻnggi bosqichi kulolchiligi mahsuli boʻlgan sopol boʻlaklari topildi.

Dastlabki xulosalarga koʻra, inshoot Kushonlar davlatining soʻnggi davri va ilk oʻrta asrlar (milodning II-IV asrlari)ga tegishli yirik mulkning himoya qoʻrgʻoni boʻlgan.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Ректор ОшГУ принял участие на юбилейном мероприятии японского агентства JICA
      05 февраля 2026 в 11:10   Кыргызстан
    Жээнбек Кулубаев провел телефонный разговор с главой МИД Союза Коморских Островов
      вчера в 09:40   Кыргызстан
    Уроженка Таджикистана приглашена на участие в концерте конкурса «Романсиада»
      04 февраля 2026 в 13:55   Таджикистан
    Бакыт Торобаев ознакомился с рядом инфраструктурных объектов Иссык‑Кульской области
      вчера в 19:10   Кыргызстан
    Железная дорога как альтернативный вид пассажирских перевозок в городе Бишкек
      04 февраля 2026 в 11:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло заседание Экспертного совета по вопросам укрепления национального единства и религиозной политики
      04 февраля 2026 в 20:10   Кыргызстан
    Садыр Жапаров принял Спецпосланника США по делам Южной и Центральной Азии
      04 февраля 2026 в 17:40   Кыргызстан
    Состоялись первые консульские консультации между МИД Кыргызстана и Египта
      05 февраля 2026 в 09:40   Кыргызстан
    Maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
      04 февраля 2026 в 23:05   Узбекистан
    Эльдар Сулайманов встретился с Специальным представителем ЕС по ЦА
      вчера в 17:40   Кыргызстан