• 09 июня 2025 в 22:40
  • 0
  • 0

Samarqanddagi Tillakori madrasasi restavratsiya qilinadi

Samarqand shahrining Registon maydonida joylashgan Tillakori madrasasi restavratsiya qilinadi, shuningdek, “Imom Moturidiy” yodgorlik majmuasida rekonstruksiya-restavratsiya qilish, qo‘shimcha binolar qurish hamda hududni obodonlashtirish ishlari boshlanadi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 19—21-may kunlari Toshkent shahrida agentlik huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashning yig‘ilishi o‘tkazilgan. Unda 120 ga yaqin loyiha ko‘rib chiqilgan.

Ilmiy-ekspert kengashining qaroriga ko‘ra, Samarqand shahar, Registon maydonida joylashgan Tillakori madrasasini restavratsiya va tiklashga yodgorlikning bezaklariga ziyon yetkazmaslik sharti bilan ruxsat berilgan. Shuningdek, Samarqand viloyatida joylashgan “So‘fi Olloyor” masjidida ta’mirlash-tiklash, Shahrisabz shahar tarixiy markazida joylashgan “Qal’a devori”, Surxondaryo viloyatidagi “Tuz g‘ori” madaniy meros obyektini mukammal ta’mirlash, Qashqadaryo viloyatidagi “Soqi Mavlon ota” maqbarasini tarixiy va tabiiy landshaft ko‘rinishini saqlagan holda kompleks ziyoratgohga aylantirish, “Imom Moturidiy” yodgorlik majmuasida rekonstruksiya-restavratsiya qilish, qo‘shimcha binolar qurish hamda hududni obodonlashtirish kabi takliflar ma’qullangan.

Bundan tashqari Jizzax viloyati, Baxmal tumanidagi “Toshbuloq” hamda “To‘g‘onbuloq” arxeologik yodgorliklarini moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilishi tasdiqlangan.

Yig‘ilish davomida Namangan viloyatidagi “G‘urumsaroy” (“Xolmatboy”) masjidi hududida yangi masjid barpo etish, Andijon viloyatidagi “Hotamxon to‘ra” masjidi arxitektura yodgorligida mavjud xonaqo qismida qo‘shimcha bino qurish kabi loyihalar rad etilgan.

“Umumiy hisobda Buxoro, Toshkent va Samarqand shaharlari, Buxoro, Namangan, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari bo‘yicha 11 ta loyiha tarixiy yodgorliklarning tashqi ko‘rinishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi, Kengash tomonidan berilgan tavsiyalar to‘liq bajarilmagani bois tasdiqdan o‘tmadi”, deyilgan xabarda.

По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      сегодня в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      сегодня в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      сегодня в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      сегодня в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      сегодня в 22:10   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      сегодня в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      сегодня в 22:20   Таджикистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      сегодня в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      сегодня в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      сегодня в 23:05   Узбекистан