• 25 октября 2023 в 22:40
  • 0
  • 0

Samarqandda Xalqaro turizm akademiyasi ochildi

Joriy yilning 20-oktabr kuni Samarqand shahrida Butunjahon turizm tashkiloti BMT Bosh Assambleyasining yubiley 25-sessiyasi doirasida UNWTO Xalqaro turizm akademiyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Akademiyadan maqsad turizm sanoati va iqtisodiyot sohasini rivojlantirishga xizmat qiladigan malakali kadrlar sinfini shakllantirishdan iborat.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, BMT Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh kotibi Zurab Pololikashvili, UNWTOga a'zo davlatlar vazirlari va delegatsiyalari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari va boshqalar ishtirok etdi.

“Samarqand bir vaqtlar Ipak yo‘lidagi ilg‘or ta’lim va ilm-fan markazi bo‘lgan. Yangi O‘zbekistonda biz tarix va an’analarimizni qadrlaymiz, sifatli ta’limga alohida e’tibor qaratamiz, turli sohalarda yangi avlod olimlari, yosh yetakchilarni tayyorlamoqdamiz. 2018-yilda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Samarqand shahrida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ochildi. Bugun davlat rahbari tashabbusi bilan Xalqaro turizm akademiyasi ochildi, uning asosiy maqsadi turizm sohasida ta’lim sifatini oshirish va inson kapitalini rivojlantirishdan iborat”,  — dedi Aziz Abduhakimov tadbirda.

Zurab Pololikashvili esa turizmni rivojlantirishda ta’limning ahamiyati va Bosh Assambleyaning yubiley sessiyasi o‘tkazilgan mamlakatda Xalqaro akademiya ochilishini ta’kidladi.

“Akademiyani ochish tashabbusi ilgari surilganidan 9 oy o'tib, ochilishda qatnashayotganimdan xursandman. Dastlab bunga ishonolmadim, chunki  Bosh Assambleya boshlanishiga oz vaqt qolgandi. Ammo O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qo‘llab-quvvatlashi va Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimovning sa’y-harakatlari bugun tashkilotga a’zo mamlakatlar turizm vazirlari ishtirok etayotgan Akademiyaning ochilishini o‘tkazish imkonini berdi. Bu jarayonda qatnashganimdan mamnunman. Bu nafaqat UNWTO yoki Samarqand uchun, balki umuman turizm uchun ham muhim qadamdir”,— dedi Z.Pololikashvili ochilishda.

Bundan tashqari, Z.Pololikashvili ochilish marosimida ishtirok etgan turizm vazirlari va turizm boshqarmalari rahbarlarini Akademiya faoliyatini tashkil etish va o‘quv jarayonida faol ishtirok etishga chaqirdi.

Tadbir davomida universitet va Turizm akademiyasiga tanishuv sayohati, esdalik lavhalarining ochilishi, Samarqand shahridagi UNWTO tematik idorasi faoliyati bilan tanishtirish jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

Ta'kidlash joizki, Akademiyaning o'quv dasturi Shveysariya mehmondo'stlik maktablari tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Trening chet ellik maslahatchilar tomonidan olib boriladi. Akademiyani tamomlagandan so‘ng bitiruvchiga jalb qilingan hamkor ta’lim muassasalari tomonidan tan olingan sertifikat beriladi. Har bir modulni tugatgandan so‘ng, talabalar xususiy sektor hamkor kompaniyalarida amaliyot o‘tash orqali amaliy tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Akademiya tashkilotchilari O‘zbekiston hukumati va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) hisoblanadi.

UNWTOning Akademiyani tashkil etishdagi faoliyati xalqaro tajribaga asoslangan kadrlar tayyorlash modelini yaratish, oʻquv dasturlarini mahalliy sharoitga moslashtirish, ToT dasturlari (trenerlarga trening o‘tish, o'qituvchilarning malakasini oshirish) orqali mentorlarni tayyorlash, institutsional rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash, talabalar reytingini baholash, taʼlim sifatini oshirish boʻyicha konsalting xizmatlarini koʻrsatish, dasturlarning xalqaro tan olinishi va sertifikatlanishini ta'minlashdan iborat.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Министерство внутренних дел КР наградило сотрудников за проявленное мужество и профессионализм
      07 июля 2025 в 15:10   Кыргызстан
    МВД КР усиливает меры по обеспечению тишины и порядка на дорогах
      07 июля 2025 в 07:10   Кыргызстан
    Namangan viloyatidagi natijalar va yangi loyihalar haqida axborot berildi
      07 июля 2025 в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Кыргызстан укрепляют связи
      06 июля 2025 в 22:20   Таджикистан
    Navbahor Hamidova Jahon kubogida chempion boʻlgan birinchi ayol bokschimiz boʻldi
      вчера в 17:50   Узбекистан
    O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Казахстанцы предпочитают восхищаться антигуманным?
      сегодня в 12:16   Казахстан
    В Бишкек прибыла экспедиция «Путешествие в Сердце Евразии»
      вчера в 16:10   Кыргызстан
    Фильм «В поисках истины» отмечен специальной наградой на Международном кинофестивале государств ШОС
      07 июля 2025 в 13:55   Таджикистан
    Состоится концертная программа артистов Таджикистана и Кыргызстана под названием «Вечная дружба»
      вчера в 13:55   Таджикистан