• 18 марта 2024 в 22:40
  • 0
  • 0

Saida Mirziyoyeva va Mehribon Aliyeva Bokuda o‘zbek madaniyatiga oid ko‘rgazmani ochib berdi

Bokuda “Choklardagi meros: O‘zbekistonning kashtachilik va tikuvchilik anʼanalari bo‘ylab sayohat” ko‘rgazmasi ochildi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o'z sahifasida ma'lum qildi.

"Kecha Ozarbayjon poytaxtidagi Haydar Aliyev markazida “Choklardagi meros: O‘zbekistonning kashtachilik va tikuvchilik anʼanalari bo‘ylab sayohat” ko‘rgazmasi ochildi. Unda 140 dan ortiq bezakli amaliy san’at namunalari taqdim etilgan.

So‘zanalar kashtachi ustalar tomonidan oylar davomida tikiladi. Ulardagi har bir gul va naqshlar chuqur ma’noga ega.

An’anaviy zar choponlarimiz, rang-barang so‘zanalar va qimmatbaho toshlar bilan bezalgan kumush taqinchoqlar ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilarda unutilmas taassurot qoldiradi, degan umiddaman.

Muzey mutaxassislari va ushbu ko‘rgazmani  tashkil etishda qatnashgan barchaga chin yurakdan minnatdorlik izhor etaman", - deydi Saida Mirziyoyeva.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан