• 30 августа 2024 в 22:40
  • 0
  • 0

"Sharq taronalari" festivali g‘oliblari taqdirlandi

Registon maydonida "Sharq taronalari" XIII xalqaro musiqa festivalining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. E’tiborlisi, tarixiy obidalarga zarar yetmasligi uchun bu safar marosim mushakbozliksiz o‘tdi.

Tadbirning asosiy nuqtasi g‘oliblarni e’lon qilish va ularni taqdirlash bo‘ldi. Kuy-qo‘shiqlar bilan fayzga to‘lgan sahnada birin-ketin g‘oliblar e’lon qilindi.

Xalqaro hay’atlar jamoasi festivalning bosh sovrini – Gran priga Ozarbayjonning "Semurg‘"  maqom ansamblini munosib deb topdi. G‘olibga 10 ming AQSH dollari pul mukofoti va esdalik sovg‘alari topshirildi.

1-o‘ringa Turkmaniston milliy musiqiy ansambli savovor bo‘ldi va bu jamoaga 5 ming AQSH dollar mukofot nasib qildi.

 2-o‘rin Qozog‘iston musiqiy jamoasi hamda o‘zbekistonlik san’atkorlar Alisher Ahmedov va Fazilat Ahmedova juftligiga berildi. G‘oliblar 3 ming 500 AQSH dollari va esdalik sovg‘alar bilan mukofotlandi.

3-o‘rin esa Yaponiya, Mug‘uliston va Rossiya san’atkorlariga munosib ko‘rildi. Uchinchi o‘rin g‘oliblariga 2 ming dollardan mukofot belgilangan.

TURKSOY tashkilotining 500 AQSH dollar miqdoridagi sovrinini O‘zbekiston davlat simfonik orkestri qoshidagi milliy mumtoz ansambli naychisi Toshtemir Shukrullayev  qo‘lga kiritdi.

Taqdirlash marosimida "Eng yosh ishtirokchi",  "Muxlislar e’tirofiga savozor bo‘lgan eng yaxshi ishtirokchi", "Eng yaxshi cholg‘u musiqasi ijrochisi" kabi nominatsiyalar bo‘yicha ham turli davlatlardan san’atkorlar taqdirlandilar. Ularga Samarqand viloyati va shahar hokimligi hamda boshqa tashkilotlarning maxsus mukofotlari topshirildi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан