• 27 апреля 2024 в 22:40
  • 0
  • 0

"O'zbekiston madaniy merosi jahon to'plamlarida" turkumidagi 50 jildlik kitob-albomlar YUNESKO Kotibiyatiga topshirildi

Joriy yilning 22-aprel kuni YUNESKO bosh qarorgohida O'zbekiston madaniy merosini o'rganish, saqlash va ommalashtirish bo'yicha Butunjahon jamiyati tomonidan nashr etilgan "O'zbekiston madaniy merosi jahon to'plamlarida" turkumidagi 50 jilddan iborat kitob-albomlarni topshirish marosimi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Tadbirda YUNESKO bosh direktorining o'rinbosari Ernesto Ottone va Tashkilot kotibiyati vakillari ishtirok etdi.

YUNESKO vakillariga "O'zbekiston madaniy merosi jahon to'plamlarida" loyihasi haqida batafsil ma'lumot berildi. Ushbu loyiha O'zbekiston zaminida yaratilgan va hozirda yurtimiz hamda Yevropa, Osiyo, Amerika va Afrika qit'alarining turli davlatlaridagi muzeylarda va shaxsiy kolleksiyalarda saqlanayotgan durdona asarlar – arxeologik artefaktlar, noyob miniatyuralar aks ettirilgan nodir qo'lyozmalar, amaliy san'atning turli namunalarini kataloglashtirish va tadqiq qilish g'oyasiga asoslanganligi qayd etildi.

To'plamdan o'rin olgan 12 mingdan ortiq fotosuratlarda xalqaro miqyosda tan olingan durdona asarlar ham, kam ma'lum bo'lgan yoki keng jamoatchilik va mutaxassislarga mutlaqo noma'lum bo'lgan namunalar ham aks ettirilgani va o'zbek, rus hamda ingliz tillarida bayon qilinganligi ta'kidlandi.

Ernesto Ottone O'zbekistonning boy madaniy merosini o'zida jamlagan mazkur kitoblar turkumi uchun minnatdorlik bildirdi.

– Mashaqqatli mehnat, vaqt va ilmiy-texnik resursni talab qiluvchi ushbu loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi bilan O'zbekiston vakillarini samimiy qutlayman, – dedi u. – Loyiha o'z mohiyatiga ko'ra nodir tashabbus ekanligiga va boshqa mamlakatlar uchun ham ilg'or tajriba sifatida namuna bo'lib xizmat qilishiga ishonaman. Shuningdek, mazkur to'plam o'zbek xalqi uchun nihoyatda qadrli bo'lgan madaniy merosni jamlashda katta ramziy ahamiyat kasb etadi hamda O'zbekistonning boy tarixi va madaniyatini dunyo bo'ylab namoyish qilish, xususan, jahonning yetakchi muzeylarida ko'rgazmalar tashkil etishda qo'llanma bo'lib xizmat qiladi.

YUNESKO tomoni mazkur loyiha mualliflarini Tashkilot tomonidan o'tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro anjumanlarga o'z tajribalari bilan o'rtoqlashishlari uchun taklif qilishlarini bildirdi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан