• 21 сентября 2024 в 22:40
  • 0
  • 0

Qoraqalpog'istonda bir nechta tarixiy va madaniy boyliklarning chegaradan olib chiqib ketilishiga chek qo'yildi

“Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Toshkent – Volgograd” yo‘nalishidagi poyezd bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Natijada yo‘lovchilardan biri bundan 54 yil muqaddam ishlangan byustni olib chiqayotganligi aniqlandi.

“Dovut-ota” chegara bojxona postida aniqlangan holatda esa fuqaro avtotransport vositasida o‘zi bilan 12 dona tarixiy osori atiqalarni olib chiqayotgan vaqtida fosh qilindi. Ular orasida 1965 yili va 1970 yili sobiq Ittifoqda zarb etilgan ikki dona tanga, XX asrga mansub barchasi kumushdan ishlangan bir dona bilaguzuk, bir dona uzuk, ikki dona choyqoshiq, ayollar kiyimiga taqiladigan ikki juft to‘qa ashyoviy dalil sifatida ushlandi. Mazkur ashyolar orasida to‘rt dona qadimiy qo‘lyozma kitob ham borligi aniqlandi. 

Xulosasiga ko‘ra, kitoblardan uchtasi toshbosma usulida XIX asrda chop etilgan bo‘lib, asosan islom dini tarixiga oid noyob manbalar hisoblanadi. Kitoblardan yana biri esa XX asr boshlarida Toshkentda chop etilgan. 

Bojxona xodimlari tomonidan ushlab qolingan mazkur qadimiy ashyolar Nukus shahrida joylashgan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyiga topshirildi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan so‘nggi 3 yilda aniqlangan 46 ta bojxona qonunbuzilishi holatida qiymati 88 million so‘mlik, tarixiy ahamiyatga ega 726 dona madaniy boylikning bojxona chegaralari orqali noqonuniy ravishda olib o‘tilishining oldi olindi. 

Eslatib o‘tamiz, “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga ko‘ra, madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishini davlat tomonidan tartibga solishni Bojxona qo‘mitasi ham amalga oshiradi. Mazkur qonunga asosan, 50 yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklarni O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish mumkin emas. 

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda. 


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан