• 30 октября 2023 в 22:40
  • 0
  • 0

O‘zbekistondagi 5 ta arxeologik yodgorlik ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantiriladi

Prezidentning 2023-yil 27-maydagi “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida 2023-2026-yillarda muzeylashtiriladigan arxeologiya yodgorliklarining manzilli rejasi tasdiqlangan edi.

Madaniy meros agentligi Fanlar akademiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda arxeologiya sohasidagi ekspert va mutaxassislarni jalb qilgan holda, arxeologiya yodgorliklarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, konservatsiyalash va ularda ochiq osmon ostida muzey tashkil etish hamda uni turizm obyektiga aylantirish choralarini ko‘rish belgilab berilgan. 

261-sonli qarordan kelib chiqqan holda, Toshkent shahar “Chilonzor oqtepasi”, Surxandaryo viloyati “Dalvarzintepa”, Andijon viloyati “Mingtepa”, Samarqand viloyati “Sherozqal‘a”, Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Qo‘yqirilgan qal‘a” arxeologiya obyektlarida mintaqaviy restavratsiya markazlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi. 

Samarqand viloyati joylashgan “Sherozqalʼa” arxeologiya yodgorligini muzeylashtirishga Madaniy meros agentligi tomonidan 1 mlrd so‘m mablagʻ ajratildi. Loyiha-smeta hujjatlari asosida obyektni konservatsiya qilingan qismi metall konstruksiya bilan yopildi. Yodgorlikni toʻliq koʻrish qulayligini yaratish maqsadida kuzatish maydonchasi qurildi va mexmonlar uchun oʻrindiqlar oʻrnatildi, hojatxona hamda yoʻlaklar barpo qilindi. 

Toshkent shahridagi “Chilonzor Oqtepasi” arxeologiya yodgorligini restavratsiya qilish, taʼmirlash-tiklash ishlariga 500 mln. so‘m mablagʻ ajratildi. Loyiha asosida obyektni toʻliq koʻrish qulayligini yaratish maqsadida kuzatish maydonchasi qurildi. Tashrif buyuruvchilarning harakatlanishi uchun yoʻlaklar barpo qilindi hamda yoritgichlar oʻrnatildi. Shuningdek, harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida obyekt atrofi toʻsiq bilan oʻrab olindi. Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi natijasida “Chilonzor Oqtepasi” arxeologiya yodgorligida ochiq osmon ostidagi muzey tashkil etilib, turizm obyektiga aylantirildi.

Madaniy meros agentligining tegishli qarori asosida “Dalvarzintepa” arxeologiya yodgorligi uchun 800 mln. so‘m mablagʻ ajratildi. Maskanda ham belgilangan loyiha asosidagi barcha ishlar amalga oshirildi. Harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida obyekt atrofi toʻsiq bilan oʻrab olindi.

Qarorda belgilangan barcha yodgorlik majmualarida ham belgilangan loyiha-smeta asosidagi ishlar amalga oshirildi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Бакыт Торобаев провел встречу с зарубежными инвесторами
      вчера в 12:55   Кыргызстан
    В честь 35-летия независимости Таджикистана состоится Республиканский конкурс сценаристов «Дети и подростки – будущее нации»
      24 мая 2026 в 13:55   Таджикистан
    Объявлен расширенный состав национальной сборной Таджикистана по футболу на июньские товарищеские матчи
      24 мая 2026 в 23:00   Таджикистан
    Форум аналитических центров государств ШОС прошёл в Бишкеке
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Нарынской области состоялся форум, посвященный возрождению села Мин-Куш
      25 мая 2026 в 17:40   Кыргызстан
    Ilmiy kadrlar tayyorlash va ilm-fan sohasini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
      25 мая 2026 в 23:05   Узбекистан
    Адылбек Касымалиев дал старт пилотному проекту спутникового интернета
      25 мая 2026 в 15:10   Кыргызстан
    Студенты Кыргызстана представили свои взгляды на права и ответственность гражданина в конкурсе ко Дню Конституции
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    В Таджикистане более 52 тысяч дехканских хозяйств, которыми руководят женщины
      24 мая 2026 в 21:50   Таджикистан
    ДУШАНБИНСКИЙ ВОДНЫЙ ПРОЦЕСС. Благодаря усилиям Таджикистана вопросы управления водными ресурсами выводятся на глобальный уровень
      25 мая 2026 в 21:50   Таджикистан