• 11 апреля 2025 в 22:40
  • 0
  • 0

O‘zbekistonda fransuz musiqasi festivali bo‘lib o‘tadi

9-aprel kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida Fransiya musiqa festivaliga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

 Unda, O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori Kamoliddin O‘rinboyev, Fransiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Oreliya Bushez xonim, taniqli dirijyor Natali Maren, elchixona vakillari, yurtimizda faoliyat olib borayotgan ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar hamda musiqashunos olimlar ishtirok etishdi.

 Xabaringiz bor, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 12-13-mart kunlari Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron taklifiga binoan Fransiyaga rasmiy tashrifni amalga oshirgan edi.

 Oliy darajadagi uchrashuvlarda ikki mamlakat o‘rtasida Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya, xalqaro tashkilotlar, sog‘liqni saqlash, musiqa, kino va teatr sohalarida hamkorlik to‘g‘risida deklaratsiya va boshqa ko‘plab bitimlar imzolangan edi.

 O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Fransiyaning O‘zbekistondagi Elchixonasi, O‘zbekiston davlat simfonik orkestri bilan hamkorlikda joriy yilning 9-apreldan 30-aprelgacha davom etadigan Fransuz musiqasi festivali ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yana-da rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqishga va ijodkorlar o‘rtasidagi ijodiy muhitni yanada rivojlantirishiga xizmat qiladi degan umiddamiz.

 Matbuot anjumani davomida ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, o‘zlarini uchun kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

 Ma’lumot uchun, mazkur festival O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 12-13-mart kunlari Fransiyaga tashrifi davomida Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya hamda boshqa kelishuvlarga muvofiq joriy yilning 9-30-aprel kunlari O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Fransiyaning O‘zbekistondagi Elchixonasi, O‘zbekiston davlat simfonik orkestri bilan hamkorlikda Fransuz musiqasi festivali o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 Mazkur Festival yoshlarda musiqa va san’atga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodda musiqa madaniyatini shakllantirish, davlatlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada yuksaltirish va ular o‘rtasidagi do‘stlik, hamjihatlik rishtalarini mustahkamlash, shuningdek, fransuz bastakorlarining boy musiqiy merosini namoyish etish va yosh ijrochilarni qo‘llab-quvvatlash, ikki mamlakatlarning ijrochilarining tajriba almashishlari uchun maydon yaratishdan iborat.

 Festivalda fransiyalik Natali Maren (dirijyor), Fransua Shaplen (sozanda), Jan-Batist Roben (sozanda) kabi ko‘plab taniqli ijodkor va ijrochilari ishtirok etadi.

 Shuningdek, Festival doirasida konsert dasturlari, xalqaro darajadagi mahorat darslari hamda xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 Festivalda taniqli fransuz kompozitorlari Moris Ravel, Klod Debyusi, Pol Duka, Gabriel For, Kamil Sen-Sans va shu kabi boshqa kompozitorlarning asarlari ijro etiladi.

 Ushbu Festivalda taniqli fransuz dirijyori Natali Maren, mashhur sozanda (pianono) Fransua Shaplen, Versal saroyining rasmiy organchisi, taniqli organchi va bastakor Jan-Batist Roben, O‘zbekiston xalq artisti Kamoliddin O‘rinboyev boshchiligidagi O‘zbekiston davlat simfonik orkestrining konsert dasturi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Adiba Sharipova, xalqaro tanlovlar laureati Elmira Mirqosimova, O‘zbekiston davlat konservatoriyasining professorlari Ramida Po‘latxonova, Malika Qosimova, dotsentlar Tatyana Myakushko, Javlon Rajabov va professor-o‘qituvchilarning konsert dasturi, Konservatoriyada tahsil olayotgan talaba-yoshlarning konsert dasturlari o‘rin olgan. Festivalni taniqli fransuz ijodkori Natali Marin dirijorligida O‘zbekiston davlat simfonik orkestrining konsert dasturi bilan ochib beradi.

 Fransuz musiqasi festivali bosh dirijyor va badiiy rahbar, O‘zbekiston xalq artisti Kamoliddin O‘rinboyev boshchiligidagi O‘zbekiston davlat simfonik orkestrining katta konserti bilan yakunlanadi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Первый тур Республиканского конкурса «Шохномахони» продлится до 19 марта
      16 марта 2026 в 13:55   Таджикистан
    В Бишкеке проходит конгресс тренеров – 2026
      вчера в 15:10   Кыргызстан
    Садыр Жапаров принял министра иностранных дел Ганы
      17 марта 2026 в 09:40   Кыргызстан
    Адылбек Касымалиев принял участие в церемонии передачи более 100 автомобилей учреждениям культуры
      17 марта 2026 в 16:10   Кыргызстан
    Жээнбек Кулубаев провел вечерний прием по случаю разговения для дипломатического корпуса
      вчера в 09:40   Кыргызстан
    Студенты МУЦА познакомились с деятельностью Конституционного суда
      16 марта 2026 в 11:10   Кыргызстан
    На международной выставке «Минская книга» организован уголок Таджикистана
      вчера в 13:55   Таджикистан
    В Дангаринском районе прошел национальный спортивный фестиваль
      17 марта 2026 в 23:00   Таджикистан
    Данияр Амангельдиев принял посла Пакистана
      сегодня в 09:40   Кыргызстан
    Марлен Маматалиев принял главу представительства Группы Всемирного банка в Кыргызстане
      17 марта 2026 в 08:55   Кыргызстан