• 08 мая 2025 в 22:40
  • 0
  • 0

O‘zbekiston Venetsiya biyennalesida yana ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Venetsiya biyennalesida yana ishtirok etmoqda. Bu haqda Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva o'z sahifasida ma'lum qildi.

"O‘zbekiston Venetsiya biyennalesida yana ishtirok etmoqda va bu yil Toshkentning yonginasida joylashgan “Quyosh” geomajmuasi g‘oyasini o‘zimiz bilan olib keldik. Bugun O‘zbekiston Milliy pavilonining rasmiy ochilishi va qabul marosimi bo‘lib o‘tdi.

Pavilonimiz mavzusi o‘zida muhandislik fanlari, shaharshunoslik, biologiya va sun’iy intellektni birlashtirgan va “Intelligens. Tabiiy. Sun’iy. Kollektiv” deya nomlangan biyennale mavzusiga to‘la mos keladi.

Biz noyob “Quyosh” obyektining rolini qayta ko‘rib chiqishni taklif qilamiz. Uni nafaqat saqlab qolish, balki global va ilmiy munozaralarga kiritishni istaymiz.

Bu Venetsiya biyennalesidagi beshinchi ekspozitsiyamiz. Har safar biz ona yurtimizning ko‘z ilg‘amas qadriyatlarini, tarixga ehtirom, ilm-fanga bo‘lgan muhabbatini ko‘rsatib, jahon hamjamiyatini hayratga solishda davom etamiz.

Ushbu loyihaga o‘z kuch-g‘ayrati, ijodi va jonajon O‘zbekistonimizga bo‘lgan muhabbatini baxsh etgan jamoaga minnatdorchilik bildiraman. Sizlar tufayli pavilonimiz har doim katta qiziqish uyg‘otadi va ko‘plab mehmonlarni jalb qiladi.

Demak, dunyo O‘zbekiston sari tobora yaqinlashmoqda, uni kashf qilmoqda", deyiladi xabarda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      сегодня в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      сегодня в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      сегодня в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      сегодня в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      сегодня в 22:10   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      сегодня в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      сегодня в 22:20   Таджикистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      сегодня в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      сегодня в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      сегодня в 23:05   Узбекистан