• 23 декабря 2023 в 22:40
  • 0
  • 0

O‘zbekiston muzeyida Ozarbayjon burchagi ochildi

Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan Xalqaro hunarmandlik festivali doirasida Xalqaro hunarmandlik muzeyi ochilgan edi.

Yaqinda O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomli Ozarbayjon Madaniyat markazi tashabbusi bilan ushbu muzeyda Ozarbayjon milliy hunarmandligining qo‘l mehnatiga oid namunalar joylashgan doimiy burchagi, milliy stendi ochildi.

Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimligi rahbariyati, Qo‘qon shahri hokimi, davlat va jamoat vakillari, ziyolilar, oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etdi.

Dastavval Qo‘qon shahri hokimi Ma’ruf Usmonov Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona munosabat haqida gapirdi. Qo‘qon shahrining qadimiy tarixi, bu yerda hunarmandlik, qo‘l mehnati san’ati keng rivojlangani va har ikki yilda bir o‘tkaziladigan Xalqaro hunarmandlik festivalida 70 dan ziyod o‘lka hunarmandlari ishtirok etgani, joriy yil o‘tkazilgan festival doirasida ochilish marosimi tashkil qilingan Xalqaro hunarmandlik muzeyida dunyoning turli o‘lkalari – Xitoy, Indoneziya, Eron, Qozog‘iston, Hindiston va boshqa mamlakatlar mashhur hunarmandlari tayyorlagan qo‘l mehnati mahsuli - hunarmandlik namunalari joylashganini aytib, muzeyda endi Ozarbayjonga oid eksponatlar ham doimiy ravishda namoyish qilinishini bildirdi.

Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori Samir Abbosov davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilgani, madaniy aloqalarni kuchaytirish borasida qilingan ishlar haqida so‘z yuritdi. Diplomat Qo‘qon muzeyida ochilgan Ozarbayjon ko‘rgazmasi har yil tashrif buyuruvchi millionlab turistlar va an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan festival  ishtirokchilari orasida milliy madaniyatning keng targ‘ibotiga imkon yaratishini ta’kidladi.

Farg‘onaning ikki shahri – Qo‘qon va Rishton Ozarbayjonning Shaki va Ismoyilli shaharlari bilan birodarlashgani qayd etildi.

Qo‘qon Xalqaro hunarmandlik muzeyi direktori Xayrulla Zokirov va O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi Farg‘ona viloyati rahbari Rasul Mirzaahmedov muzeyda yaratilgan burchakda Ozarbayjonning qadim tarixi, boy madaniyati, hunarmandlik iste’dodini namoyon etgan namunalar, eksponatlar doimiy namoyish etilishi o‘zbek ziyoratchilaridan tashqari, Qo‘qonga tashrif buyuruvchi ko‘p sonli turistlar uchun ham qiziqarli, foydali bo‘lishini aytib o‘tdi.

Burchakda Ozarbayjon gilami, kashtachilikka oid ishlar, yog‘och o‘ymakorligiga doir buyumlar namoyish etilgan.

Ozarbayjon Madaniyat markazi tomonidan burchakka, 130 yillik tarixga ega Qorabog‘ gilami, xalqning kashtachillikka mansub eng qadimiy turi – takalduz (kashtachilik namunasi), ipakdan tikilgan ayollar bosh kiyimi – qalag‘ayi (uzun ro‘mol turi), yog‘ochdan o‘yib tayyorlangan tarixiy Icharishahar va Shusha qal’asi tasviri tushirilgan portretlar, Ozarbayjon bayrog‘i aks etgan xarita, milliy kiyimdagi qo‘g‘irchoq, milliy naqsh bilan bezatilgan va xalqimizning choy madaniyatini aks ettirgan eksponatlar, maxsus dizayn asosida misdan tayyorlangan qadimiy chiroq maketi va boshqa eksponatlar hadya etildi.

Milliy burchakda ulug‘ yo‘lboshchi Haydar Aliyevning yog‘ochga chizilgan rasmi va imzosi, Ozarbayjon milliy musiqa asboblari va raqslari, xalq o‘yinlari – kurash san’ati, gilam to‘qiyotgan ozar ayoli, mug‘om (maqom) ijro etgan uchlikni aks ettiruvchi yog‘och va plasmassadan tayyorlangan maxsus maketlar ham namoyish etilmoqda.

Markaz loyihasi asosida o‘zbek tiliga o‘girilgan mumtoz adabiyot namoyandalari – Nizmoy Ganjaviy, Imomaddin Nasimiy, Muhammad Fuzuliy, Mulla Panoh Voqif, Xurshidbonu Notavon va boshqa mualliflar asarlari ham ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otishi tabiiy.

Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjon hunarmandligi, qo‘l mehnatiga doir ushbu  ko‘rgazma Dunyo ozarbayjonliklari birdamligi kuniga qadar davom etadi. Ko‘rgazma tugagach, barcha eksponatlar Qo‘qon Xalqaro hunarmandlik muzeyi ixtiyoriga topshiriladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Бакыт Торобаев провел встречу с зарубежными инвесторами
      вчера в 12:55   Кыргызстан
    В честь 35-летия независимости Таджикистана состоится Республиканский конкурс сценаристов «Дети и подростки – будущее нации»
      24 мая 2026 в 13:55   Таджикистан
    Объявлен расширенный состав национальной сборной Таджикистана по футболу на июньские товарищеские матчи
      24 мая 2026 в 23:00   Таджикистан
    Форум аналитических центров государств ШОС прошёл в Бишкеке
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Нарынской области состоялся форум, посвященный возрождению села Мин-Куш
      25 мая 2026 в 17:40   Кыргызстан
    Ilmiy kadrlar tayyorlash va ilm-fan sohasini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
      25 мая 2026 в 23:05   Узбекистан
    Адылбек Касымалиев дал старт пилотному проекту спутникового интернета
      25 мая 2026 в 15:10   Кыргызстан
    Студенты Кыргызстана представили свои взгляды на права и ответственность гражданина в конкурсе ко Дню Конституции
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    В Таджикистане более 52 тысяч дехканских хозяйств, которыми руководят женщины
      24 мая 2026 в 21:50   Таджикистан
    ДУШАНБИНСКИЙ ВОДНЫЙ ПРОЦЕСС. Благодаря усилиям Таджикистана вопросы управления водными ресурсами выводятся на глобальный уровень
      25 мая 2026 в 21:50   Таджикистан