• 14 марта 2024 в 22:40
  • 0
  • 0

Ozarbayjonda Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va madaniyati markazi ochiladi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti davlat universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinov boshchiligidagi delegatsiya  Ozarbayjon  Respublikasi  Milliy ilmlar akademiyasi  prezidenti Isa Habibeylining taklifiga ko‘ra, Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot institutining 90 yilligiga bag‘ishlangan tantanali  marosim va boshqa qator tadbirlarda ishtirok etdi.

Tashrif doirasida Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti  davlat universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinov  Ozarbayjon Respublikasi Milliy ilmlar akademiyasining Imomiddin Nizomiy nomidagi  Tilshunoslik instituti ilmiy jamoasi tomonidan tayyorlangan Mahmud Qoshg‘ariyning "Devoni lug‘otit-turk" asari taqdimotida ishtirok etdi.  Mazkur nashr 1937 yilda o‘zbek maʼrifatparvar jadidi Xolid Saidxo‘jayev tomonidan  ozarbayjon tiliga tarjima qilingan matn asosida tayyorlangan. 

X. Saidxo‘jayev 1918 yil jadidchilik harakatiga qarshi qatliom boshlanganda O‘zbekistondan Ozarbayjonga ko‘chgan. Biroq 1937 yilda mustabid tuzumning qatag‘oniga uchrab, otuvga hukm qilingan. 

Qayd etish joizki, Saidxo‘jayevning ushbu tarjimasi qariyb 100 yil davomida nomaʼlum bo‘lib, u uzoq ilmiy izlanishlar samarasidir. Sh. Sirojiddinov barcha o‘zbek ziyolilari nomidan institut jamoasini bu muvaffaqiyat bilan tabriklab,  mazkur nashr dunyo turkshunosligida yangi tadqiqotlarga turtki berishi shubhasizligini taʼkidladi.  

Shuningdek, akademik Sh. Sirojiddinov boshchiligidagi o‘zbek olimlari Ganja shahrida bo‘lib o‘tayotgan ozarbayjonlik navoiyshunos, Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Hamid Arasli tavalludining 115 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanda qatnashib, ilmiy maʼruzalarini taqdim etishdi. Maʼruzalarda Hamid Araslining o‘zbek-ozarbayjon  adabiy aloqalari rivojidagi xizmatlari tilga olinib, Navoiy, Nizomiy, Fuzuliy hayoti va ijodini, ozarbayjon  adabiyotini o‘rganish borasidagi  ishlar atroflicha bayon etildi. 

Ozarbayjon Respublikasi Milliy ilmlar akademiyasining Ganja viloyati bo‘limida O‘zbekiston delegatsiyasining mahalliy olimlar va ziyolilar bilan uchrashuvi tashkil etildi. Unda Ganja universiti, Ozarbayjon Respublikasi Milliy ilmlar akademiyasining Ganja viloyati bo‘limi va Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv yakunida Ganja shahrida Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va madaniyati markazini ochish to‘g‘risida kelishuv imzolandi. 

Tashrif dasturiga ko‘ra, o‘zbek olimlari 3–7 mart kunlari bir nechta universitetlar va ilmiy markazlarda bo‘lib, maʼruzalar o‘tkazdi, deb xabar beradi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti davlat universiteti matbuot xizmati.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Эрлист Акунбеков встретился с послом Беларуси
      вчера в 13:40   Кыргызстан
    Самые древние сведения о Наврузе дошли до нас косвенно, только через тексты
      30 марта 2026 в 13:55   Таджикистан
    Второй тур республиканского конкурса «Шохномахони» начнётся в апреле
      29 марта 2026 в 13:55   Таджикистан
    КУБОК АЗИИ-2027. Завтра состоится заключительный матч отборочного этапа между сборными Таджикистана и Филиппин
      30 марта 2026 в 23:00   Таджикистан
    В Таджикистане пройдут специальные международные спасательные учения
      29 марта 2026 в 22:00   Таджикистан
    Адылбек Касымалиев объявил об официальном открытии сезона рыбалки 2026 года
      30 марта 2026 в 11:10   Кыргызстан
    МАТЧ ДНЯ! Сегодня сборная Таджикистана сыграет против сборной Филиппин в заключительном туре отборочного турнира Кубка Азии-2027
      вчера в 23:00   Таджикистан
    В Бишкеке обсудили развитие туризма и распределение туристических потоков
      29 марта 2026 в 12:55   Кыргызстан
    Марлен Маматалиев принял председателя Комитета по международным делам и объединению Национальной Ассамблеи Республики Корея
      30 марта 2026 в 13:40   Кыргызстан
    Худжанд ждёт очередная Международная торговая ярмарка «Сугд-2026»
      29 марта 2026 в 21:50   Таджикистан