• 20 марта 2025 в 22:40
  • 0
  • 0

Kuvaytda Buxoro amiriga tegishli zeb-ziynatlar topildi

O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchixonasi amaliy ko‘magida tashkil etilgan tashrifda delegatsiya aʼzolarini Muzey direktori Ziyad Rajab kutib oldi.

Kuvayt davlati poytaxti al-Kuvayt shahrida joylashgan Toriq Rajab muzeyi 30 000 dan ortiq qadimiy va zamonaviy buyumlardan iborat shaxsiy kolleksiyani o‘z ichiga oladi. Muzeyga kuvaytlik tadbirkor Toriq Sayyid Rajab tomonidan asos solingan. Muassasa o‘z faoliyatini 1980 yilda boshlagan. Unda ko‘p yillar davomida shakllangan shaxsiy kolleksiya jamlangan bo‘lib, Toriq Rajab muzeyi nomi bilan mashhur.

Ziyad Rajab bilan uchrashuvda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatiga oid videorolik namoyish etildi. U ajdodlari ulug‘ millatning kelajagi ham buyuk bo‘lishini taʼkidlab, muhtaram yurtboshimizning islom olami madaniy-maʼrifiy merosini saqlash, kelajak avlodga beg‘araz yetkazish bo‘yicha qilayotgan ishlarini yuqori baholadi.

Delegatsiya aʼzolari O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida tashkil etilishi kutilayotgan ekspozitsiyaga 50 ga yaqin jahon kolleksiyalarini jalb qilish rejalashtirilayotganini maʼlum qildi. Mazkur voqea jahon muzeyshunosligi tarixida bir mamlakat merosi atrofida o‘nlab muzeylarni birlashtirgan birinchi yirik ekspozitsiya bo‘lishi taʼkidlandi.

Ziyad Rajab O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Toriq Rajab va shu nomdagi islom xattotligi muzeylari haqida gapirdi:

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida bunyod etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi menda katta taassurot qoldirdi. Kelajakda siz bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz. Toriq Rajab muzeyining eksponatlarini yurtingizda namoyish etish tarixiy voqelik. Mazkur muzeyda O‘zbekiston madaniy merosiga oid qimmatli eksponatlar, shu jumladan, Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarining XIV asrda ko‘chirilgan nusxalari, Buxoro amiri va uning qarindoshlariga tegishli taqinchoqlar, Shayboniylar davriga oid miniatyuralar va ko‘plab eksponatlar mavjud.

Muzey ekspozitsiyasida islom olamining turli davrlari va jug‘rofiyasiga mansub bo‘lgan betimsol xattotlik namunalari, yuksak sanʼat darajasidagi kalligrafiya durdonalarini uchratish mumkin.

Muzeyimizda Buxorodan keltirilgan zargarlik buyumlari, qadimiy liboslar, qurol-yarog‘lar, hunarmandchilik ashyolari, matolar, shisha idishlar ham o‘rin olgan. Mening onam, asosan, zargarlik buyumlarini to‘plagan bo‘lsa, otam sopol va metall buyumlarga masʼul bo‘lganlar. Ota-onam aynan O‘zbekiston hududi va tarixiga qiziqqanlari bois muzeyda ushbu manzildan keltirilgan artefaktlar ko‘plab topiladi.

Uchrashuv yakunida Katta Langar Qurʼoni faksimile nusxasi, xattot Habibullo Solih tomonidan papirusga tushirilgan Muhammad (s.a.v) muhri aks etgan maktub nusxasi ham muzey direktori Ziyad Rajabga taqdim qilindi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      сегодня в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      сегодня в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      сегодня в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      сегодня в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      сегодня в 22:10   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      сегодня в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      сегодня в 22:20   Таджикистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      сегодня в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      сегодня в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      сегодня в 23:05   Узбекистан