• 04 сентября 2025 в 22:40
  • 0
  • 0

Imom Moturidiy maqbarasi rekonstruksiyasi sabab buzilgan uylar uchun aholiga kompensatsiya to‘lanishi ma’lum qilindi

Ommaviy axborot vositalarining birida “Samarqandning tarixiy markazidagi Imom Moturidiy maqbarasi rekonstruksiyasi doirasida eski mahallaning bir qismi buzib tashlandi” sarlavhasi ostida maqola e’lon qilindi. 

Madaniy meros agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan xabar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. 

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6165-son farmoni qabul qilingan. Ushbu farmonga ko‘ra, Samarqand shahrining “Chokardiza” qabristonida joylashgan “Imom Moturidiy” yodgorlik majmuasini rekonstruksiya qilish, majmua atrofidagi buyuk ulamolarning qabrlarni qayta tiklash, hududlarni obodonlashtirish va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini yaxshilash orqali yirik ziyorat markazini tashkil etish rejalashtirilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi 5150-sonli qarorining 4-bandida moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarida, alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda, Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda va ularning qo‘riqlanadigan tegralarida obyektlarni qurish, buzish va obodonlashtirish ishlarining loyihalari Agentlik bilan majburiy tartibda kelishish qayd etilgan. Bunda Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar va obyektlar bo‘yicha loyihalar Agentlik tomonidan YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi orqali YUNESKOning Umumjahon merosi markazi bilan kelishgan holda amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan. 

Xususan, joriy yilning 6-mart kuni Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashining Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan 4-sonli yig‘ilishida ushbu masala atroflicha ko‘rib chiqilib, yakuniy xulosa berilgan. Kengash xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 6165-sonli farmoyishi ma’lumot va ijro uchun qabul qilingan. Samarqand shahrida joylashgan “Imom Moturidiy majmuasi”ning atrofini kengaytirish ishlari yuzasidan loyiha taklifi ma’qullangan. Shuningdek, Ilmiy-ekspert kengashi bayonida Madaniy meros agentligi “Imom Moturidiy majmuasi” atrofini kengaytirish hamda obodonlashtirish loyihasi bilan Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyasi talablariga muvofiq YUNESKOning Umumjahon merosi markazini xabardor qilish choralarini ko‘rish keltirib o‘tilgan. Shu bilan birga hujjatda mazkur hududlarda olib boriladigan har qanday qurilish, obodonlashtirish ishlarining loyihalari o‘rnatilgan tartibda Madaniy meros agentligi bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi qat’iyan tasdiqlangan. 

Samarqand shahri markazida joylashgan Imom Moturidiy majmuasi atrofida rejalashtirilgan qurilish hamda obodonlashtirish ishlari YUNESKOning 1972-yil Umumjahon madaniy va tabiy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyasi talablari asosida xalqaro mutaxassislar jalb qilingan holda madaniy merosga bo‘lgan ta’siri hisoboti ishlab chiqildi. Mazkur hisobot xalqaro ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilib, belgilangan tartibda YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi orqali Umumjahon merosi markaziga yuborildi. Taqdim etilgan yakuniy qaror yuzasidan ma’lumotlar Madaniy meros agentligining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarida e’lon qilinishini ma'lum qilamiz.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi 781-sonli qonuni asosida uy-joylari buzilayotgan aholi vakillarining turar-joylari bozor qiymatida hisoblanadi va belgilangan tartibda kompensatsiya pullari to‘lab berilishi rejalashtirilgan.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Анкаре прошел День культуры Республики Таджикистан
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Эмомали Рахмон: «Борбад признан одним из первых знатоков музыки и профессиональным композитором на земле арийцев»
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    В Администрации Президента КР подвели итоги 2025 года
      29 декабря 2025 в 16:55   Кыргызстан
    Zamonaviy turar joy majmuasining qurilishi bilan tanishildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Мэрия Бишкека приглашает горожан и гостей столицы встретить Новый год на Ала-Тоо
      вчера в 07:10   Кыргызстан
    Асель Чынбаева приняла участие в новогодней ёлки мэра города Бишкек
      29 декабря 2025 в 11:10   Кыргызстан
    Марлен Маматалиев встретился с жителями Первомайского района .Бишкека
      29 декабря 2025 в 13:40   Кыргызстан
    В Бишкеке прошел Открытый чемпионат города по традиционной стрельбе из лука
      29 декабря 2025 в 15:10   Кыргызстан
    Казахстан идет семимильными шагами по пути Украины?
      вчера в 12:58   Казахстан
    Служба связи Таджикистана и компания Jinda Anbang (Beijing) Technology Development Co., Ltd подписали Меморандум о взаимопонимании
      29 декабря 2025 в 21:50   Таджикистан