• 06 сентября 2025 в 22:40
  • 0
  • 0

Ilk Buxoro biyennalesi - qadimiy shahar zamonaviy va amaliy san’at ko‘rgazmasiga mezbonlik qilmoqda

Milliy g‘ururimiz va davlatchiligimiz tayanchi bo‘lgan Buxoro ilk biyennalesi — zamonaviy va amaliy san’at ko‘rgazmasiga mezbonlik qilmoqda.

Birinchi Buxoro biyennalesi bu —  bizning boy tariximiz, an’analarimiz va asrab-ardoqlab kelayotgan hunarmandchiligimiz namoyon bo‘ladigan noyob manzildir.

Rassom va hunarmandlar, oshpaz va shoirlar qadimiy obidalarni navo, nafosat va milliy qadriyatlar ruhi bilan to‘ldirmoqda.

Ushbu yirik tadbir jahon hamjamiyatida katta qiziqish uyg‘otib, san’atni qadrlovchi va teran his qiluvchi makon sifatida yurtimiz mavqeyini yanada oshiryapti hamda eng iste’dodli ijodkorlarni jalb etyapti.

Bu kabi nufuzli, xalqaro ahamiyatga molik loyihalar orqali O‘zbekiston o‘ziga xos brendga, cheksiz ijod va ilhom maskaniga aylanib borayotgani shubhasiz, degan Saida Mirziyoyeva.

Ma’lumot uchun, shu yil 5 sentabrdan 20 noyabrgacha ilk Buxoro biyennalesi anjumani bo‘lib o‘tadi. Tadbir dasturidan yetakchi zamonaviy rassomlar bilan suhbatlar, har to‘lin oy to‘lishi arafasida musiqiy chiqishlar, bosh oshpazlar uchrashuvlari, hunarmandlar rahbarligidagi mahorat darslari, san’at tarixi simpoziumi, she’riy dastur va boshqa ko‘plab tadbirlar o‘rin oladi. Tadbirda Diana Kempbell, Laylo Gohar, Subodh Gupta, Karsten Hoyeller, Jyeong Kvan, Yelena Reygadas va Tavares Strahan kabi xalqaro ishtirokchilar qatnashadi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      сегодня в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      сегодня в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      сегодня в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      сегодня в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      сегодня в 22:10   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      сегодня в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      сегодня в 22:20   Таджикистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      сегодня в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      сегодня в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      сегодня в 23:05   Узбекистан