• 16 сентября 2024 в 22:40
  • 0
  • 0

Buyuk Britaniyada “Lazgi” spektakli namoyish etildi

Londondagi Kolizey teatrida 14 sentyabr kuni Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan O‘zbekiston milliy baleti ishtirokida “Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” spektakli namoyish etildi. Ushbu tadbir spektaklning Britaniyadagi ilk namoyishi hisoblanadi.

Nemis xoreografi Raul Raymondo Rebek tomonidan yaratilgan spektakl Buyuk Britaniya madaniy sahnasida muhim voqea bo‘ldi.

“Lazgi” tomoshabinlarga afsonaviy Ipak yo‘li manzarasida muhabbat va o‘lmas ruh haqidagi abadiy hikoyani taqdim etdi, deyiladi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi xabarida.

Taʼkidlanishicha, Markaziy Osiyo xalq anʼanalari va madaniyatini o‘zida mujassam etgan ushbu raqs o‘zining kuchli xoreografiyasi, ajoyib yorug‘lik aks-taʼsirlari va chuqur hissiy ko‘tarinkiligi bilan tomoshabinlarni hayratga solgan.

“Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” birinchi marta Dubai Opera sahnasida namoyish etilgan va keyinchalik Istanbul, Dortmund, Parij, Sankt-Peterburg va Moskvada sahna yuzini ko‘rgan.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан