• 11 марта 2024 в 22:40
  • 0
  • 0

Britaniyaning taniqli teleboshlovchi va tarixchisi bilan "O'zbekiston xazinalari" filmi loyihasi ustida ish olib borilmoqda

O'zbekiston elchixonasida taniqli tarixchi, yozuvchi va teleboshlovchi, "SandStone Global" tashkilotining ijodiy direktori Bettani Xyuz bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. 

Bettani Xyuz Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi doirasida O'zbekistonga tashrif buyurgan. U "Boligolov kosasi: Suqrot, Afina va yaxshi hayotni izlash" ("The Hemlock Cup: Socrates, Athens and the Search for the Good Life"), "Istanbul: Uch shahar haqida ertak" ("Istanbul: A Tale of Three Cities"), "Venera va Afrodita" ("Venus and Aphrodite") kabi asarlarning muallifi hisoblanadi.

Bettani Xyuzning ma'lum qilishicha, hozirda u ijodiy jamoasi bilan "O'zbekiston xazinalari" ("Treasures of Uzbekistan") mavzusidagi katta loyiha ustida ish olib bormoqda.

Mazkur loyiha doirasida O'zbekistonning qadimiy manzillari hamda mamlakatning turistik salohiyatini namoyish qiluvchi filmlar tasvirga olinadi. Bu esa o'z navbatida, yurtimizning sayyohlik imkoniyatlarini butun dunyo bo'ylab yanada tanitishga turtki bo'lishi kutilmoqda.

Tegishli shartnoma tomonlar o'rtasida imzolanganidan so'ng, ijodiy jamoa tasvirga olish jarayonlarini joriy yil may oyidan boshlaydi.

Ma'lumot o'rnida, "StandStone Global" tashkiloti dunyo bo'ylab tarixiy manzillarga doir keng ta'sirga ega filmlarni suratga oladi. Tashkilot tomonidan tasvirga olingan filmlar National Geographic Channel, SBS, BBC, ITVBe va boshqa ko'plab nufuzli tarmoqlarda davriy uzatib boriladi. "StandStone Global" tomonidan tarixiy manzillarga doir filmlar Ispaniya, Portugaliya, Vengriya, Turkiya, Polsha, Hindiston, Malayziya, Indoneziya, Ozarbayjon, Gruziya va boshqa mamlakatlarda tasvirga olingan.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан