Samarqanddagi Butunjahon jamiyatining VII kongressi yakunlandi. Kongressda sensatsiyaga aylangan topilmalar taqdim qilindi.
Ulardan biri astronomiyaga oid "Zij-i Rassad-i Samarqand" qo‘lyozmasi bo‘lib, hijriy 832, milodiy 1428-29 yilarda noma’lum nusxa ko‘chiruvchi tomonidan yozilgan.
Ulug‘bekning “Zij-i Jadid-i Sultoniy” asaridan (milodiy 1437 yilda yozilgan) oldin yozilgan ushbu qo‘lyozma Hindistondagi “Rampur Razo” kutubxonasi fondida saqlanar ekan.
Kongressda yana ko‘plab shu kabi O‘zbekiston madaniy merosi uchun muhim bo‘lgan qo‘lyozmalar, fotosuratlar, artefaktlar taqdim qilindi.