• 06 января 2024 в 22:40
  • 0
  • 0

Anqarada ma'rifatparvar jadid bobolarimiz merosiga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy konferensiya bo'lib o'tdi

Turkiyaning Anqara shahridagi Ijtimoiy fanlar universitetida "Jadidlar izidan: tilda, fikrda va ishda birlik" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy konferensiya o'tkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Eslatib o'tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 22-dekabr kuni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashining kengaytirilgan yig'ilishida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etilgan mazkur tadbir mamlakatimiz elchixonasi tomonidan Turkiy dunyo Muhandis va me'morlar uyushmasi bilan birgalikda uyushtirilgandi.

Anjumanda Turkiston mintaqasida faol bo'lgan jadidchilik harakatining yetakchilari, ularning tariximizda tutgan o'rni, tarixiy va zamonaviy o'zbek davlatchiligining rivojlanish bosqichlari, milliy-ma'naviy qadriyatlarimiz va ta'lim-tarbiya sohasiga qo'shgan ulkan hissalari haqida fikr almashildi.

Shuningdek, O'zbekiston Ma'naviyat va ma'rifat kengashining kengaytirilgan yig'ilishida davlat rahbari tomonidan jadid bobolarimiz merosini tiklash bo'yicha bildirilgan tashabbuslarining mazmun-mohiyati va ahamiyati turk ziyolilariga yetkazildi.

Ma'rifatparvar bobolarimiz g'oyalarini o'rganish va rivojlantirish bo'yicha qaror qabul qilinishi hamda Buxoroda Jadidlar merosi davlat muzeyi tashkil etilishi alohida qayd etildi.

O'z navbatida Turkiya vakillari 2024-yil 1-yanvardan boshlab mamlakatimizda "Jadid" nomli yangi gazeta tashkil etilganini mamnuniyat bilan qarshi oldilar. Ular, shuningdek, buyuk ma'rifatparvar bobolarimiz nomi ostida bosilayotgan ushbu gazetada o'zlarining tahliliy maqolalari bilan ishtirok etish istaklarini ham bildirishdi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан