• 14 декабря 2024 в 22:40
  • 0
  • 0

Abu Rayhon Beruniyning XII asrga oid qo‘lyozmasi topildi

Malayziyaning Xalqaro Islom tafakkuri va sivilizatsiyasi instituti huzuridagi Islom sivilizatsiyasi kutubxonasidan Abu Rayhon Beruniyning “At-Tafhim” asarining to‘qqiz asrlik va Abulqosim Firdavsiy qalamiga mansub “Shohnoma” asarining salkam olti asrlik qo‘lyozmalari topildi.

Bu haqda Kuala-Lumpur shahrida “Rossiya – Islom olami” strategik qarashlar guruhi tashabbusi bilan “Shakllanayotgan ko‘pqutblilik davrida Rossiya va Islom olami munosabatlari” mavzusida xalqaro anjumanda ishtirok etib qaytgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktor o‘rinbosari Firdavs Halimov maʼlum qildi.

– Biz O‘zbekistonning Malayziyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Karomidin Gadoyev bilan Kuala-Lumpurdagi Islom sivilizatsiyasi kutubxonasiga bordik, – deydi Firdavs Halimov. – Bu yerda bevosita O‘zbekiston madaniy merosiga oid qo‘lyozmalar ham borligiga amin bo‘ldik. Qo‘lyozmalardan biri, alloma Abu Rayhon Beruniy qalamiga mansub bo‘lgan “At-Tafhim“ asaridir. Fors tilidagi, samo jismlarini o‘rganish masalalariga bag‘ishlangan bu asar 1197 yilda ko‘chirilgan.

Ikkinchi qo‘lyozma Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma“ asarining o‘rta asrlarda ko‘chirilgan qo‘lyozmasidir. Qo‘lyozma nastaʼliq xatida temuriylar kitobat sanʼatiga xos uslubda ko‘chirilgan bo‘lib, undan 29 ta miniatyura o‘rin olgan. Ushbu miniatyuralarda Kamoliddin Behzod maktabiga xos unsurlar ko‘zga tashlanadi.

Mazkur qo‘lyozmalar qayerda va kim tomonidan ko‘chirilgani hozircha nomaʼlum. Maʼlum qilinishicha, ular o‘n yilcha ilgari Niderlandiyada o‘tkazilgan auksion savdosi orqali sotib olinib, Malayziyaga keltirilgan.

Kutubxona rahbariyati mazkur qo‘lyozmalarning nusxalarini O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi fondiga topshirishlarini maʼlum qildi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан