• 13 сентября 2024 в 22:40
  • 0
  • 0

2024-yilda Samarqand shahrida Mirzo Ulug'bek tavalludining 630 yilligi keng nishonlanadi

“Buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug'bek tavalludining 630 yilligini keng nishonlash to'g'risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko'ra,  2024-yilda Samarqand shahrida Mirzo Ulug'bek tavalludining 630 yilligi keng nishonlanadi.

Shuningdek, “Jahon tamadduni rivojida Mirzo Ulug'bek ilmiy-ma'rifiy merosining o'rni va ahamiyati” mavzusida ilmiy-adabiy tadbirlar o'tkaziladi.

Davlat teatrlari va talabalar teatr-studiyalarida Mirzo Ulug'bek hayoti va faoliyatiga oid spektakllar sahnalashtiriladi.

Samarqand shahrida 2024-yil 10–11-oktabr kunlari “Mirzo Ulug'bek: buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi” mavzusidagi xalqaro konferensiya o'tkaziladi.

“Ziji jadidi Ko'ragoniy” asari o'zbek, rus va ingliz tillarida, “To'rt ulus tarixi” nomli tarixiy asarining o'zbek tiliga tarjimasi qayta nashr qilinadi.

2024-yil oktabr oyida:

- ta'lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida Mirzo Ulug'bek asarlari nashrining taqdimotlari o'tkaziladi;

- Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida Mirzo Ulug'bek davriga oid asarlar qo'lyozmalarining ko'rgazmasi tashkil etiladi;

- Mirzo Ulug'bek haqida yaratilgan “Osmon toqiga qo'yilgan narvon” nomli hujjatli film taqdimoti uyushtiriladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан