• 18 декабря 2023 в 22:40
  • 0
  • 0

2024-yilda O'zbekiston turistik salohiyatini arab mintaqasida targ'ib qilish bo'yicha ishchi reja tuzib olindi

BAAda muqim istiqomat qilib kelayotgan hamyurtlarimiz orasida hamjihatlikni mustahkamlash hamda vakolatxonaning ustuvor yo'nalishlarida hamkorlikni davom ettirish maqsadida O'zbekiston Bosh konsulxonasida faol vatandoshlarimiz bilan navbatdagi amaliy uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Suhbat chog'ida uzoq yillar davomida o'zining yirik xususiy turistik kompaniyasiga ega bo'lib, ushbu korxonani muvaffaqiyatli boshqarib kelayotgan Ravshan Zakirov bilan 2023-yil yakunlari bo'yicha Bosh konsulxona bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar, shu jumladan turizm yo'nalishida amalga oshirilgan tadbirlarning sarhisobi qilindi.

Bugungi kunga kelib mamlakatimiz ko'plab rivojlangan davlatlar, shu qatori BAA bilan o'rnatilgan mustahkam aloqalarning ijobiy natijasi sifatida ikki davlat o'rtasida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar yo'nalishlardagi hamkorlik jadallashib bormoqda. Shu munosabat bilan so'nggi 4-5 yil ichida O'zbekiston va BAA o'rtasidagi aviaqatnovlar soni bir necha baravarga (haftasiga 46 reys) o'sdi. Ushbu ko'rsatkichlarni yanada yuqori darajaga olib chiqish esa Bosh konsulxonaning asosiy ustuvor yo'nalishlaridan biri etib belgilangan.

Uchrashuv yakunida kirib kelayotgan 2024-yilda vakolatxona rahnamoligida BAAdagi o'zbekistonliklarga tegishli bo'lgan kompaniyalar imkoniyati bilan mamlakatimiz turistik salohiyatini arab mintaqasida targ'ib qilish ishlari muhokama etilib, ishchi reja tuzib olindi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан