• 08 января 2024 в 17:50
  • 2
  • 0

Yaqin uch oyda o‘zbek prof bokschilarini qanday janglar kutmoqda?

Yangi 2024-yilning dastlabki haftasi ham ortda qoldi. Sportchilar uchun Olimpiada yili nomini olgan yilda O'zbekiston professional bokschilarini muhim janglar kutib turibdi. Ular orasida chempionlik janglarining ham borligi barchamizni birdek xushnud etmoqda.

Bugungi kunda O'zbekistonda "Favzul Munavvar", Buka Boxing, LIFT Promotion singari bir nechta promouterlik kompaniyalari faoliyat yuritmoqda. Bu kompaniyalar O‘zbekistonda ko‘plab boks kechalarini o‘tkazib kelyapti. Tabiiyki, 2024 yilda ham bu anʼana davom etadi. Shuningdek, viloyatlarda ham professional boks turnirlari muntazam ravishda o‘tkazilmoqda. 2023 yilda Sirdaryo, Navoiy, Andijon kabi viloyatlarda ana shunday boks oqshomlari tashkil etildi.

Bundan tashqari, yuqorida taʼkidlaganimizdek, 2024 yilda o‘zbekistonlik bokschilar ishtirokidagi chempionlik janglariga ham guvoh bo‘lamiz. Otabek Xolmatov 2 mart kuni vakant bo‘lib qolgan WBA kamari uchun amerikalik Raymon Fordga qarshi ringga ko‘tariladi. Chempionlik jangiga AQSHning Nyu-York shtati, Verona shahri mezbonlik qiladi. Top Rank promouterlik kompaniyasi 317 500 dollar evaziga ushbu jangni tashkil etish huquqini qo‘lga kiritgan.

Shahram G‘iyosov 24 fevral kuni AQSHning Orlando shahrida tashkil etiladigan prof boks oqshomida ringga chiqadi. Shu kuni unga meksikalik Pablo Sezar Kano raqiblik qiladi. Jang g‘olibi WBA kamari uchun rasmiy daʼvogarga aylanadi.

Olimjon Nazarov va Abdurasul Ismoilov 13 yanvar kuni Janubiy Koreyaning Incheon shahrida "Cocky Buffalo" promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan oqshomda navbatdagi janglarini o‘tkazishadi. O‘ta yengil vazn toifasida WBO Oriental kamari sohibi Olimjon Nazarov (28-5-0) xitoylik Vulan Tuolexazi (15-5-2) bilan jang qiladi. Birinchi yarim o‘rta vazn toifasidagi Abdurasul Ismoilov (10-2-0)ga esa yana bir Xitoy vakili Veyvey Liu (4-2-0) raqiblik qiladi.

Shuningdek, Murodjon Ahmadaliyev kamarlarini qaytarib olish 2024 yilning birinchi choragida ringga chiqadi. Bektemir Meliqo‘ziyev ham joriy yilda chempionlik kamari uchun jang o‘tkazishi kerak. 


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Садыр Жапаров принял Председателя Милли Меджлиса Азербайджана
      сегодня в 13:40   Кыргызстан
    Завтра откроется 14-я Международная выставка «Книга Душанбе»
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан