Niderlandiyaning Veyk an-Zee shahrida shaxmat bo‘yicha Tata Steel Chess 2024 turniri start oldi. 13-yanvar kuni musobaqada ilk partiya bellashuvlari o‘tkazildi.
Turnirning masters guruhida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov ilk bahsda hindistonlik Dommaraju Gukeshga qarshi dona surdi. O‘yin durang natija bilan yakunlandi.
Nodirbek ilk partiyadagi durangdan so‘ng 0,5 ochko bilan 14 nafar shaxmatchi orasida oltinchi natijani qayd etib turibdi.
14-yanvar, yakshanba kuni turnirda 2-tur uchrashuvlari o'tkaziladi.