Professional bokschimiz Shahram Gʻiyosov (14-0-0) 2024-yilda chempionlik kamari uchun jang o‘tkazishni maqsad qilgan.
“Biz har doim jangga tayyormiz. Navbatdagi jangimning hozircha aniq sanasi yo‘q. Lekin fevral oyida ringga ko‘tarilishim haqiqatga juda yaqin. Jangga tayyorgarni davom ettirish uchun 7 yanvar kuni AQSHga uchib ketaman. Bu yil bittagina jang o‘tkazdim. Xudo xohlasa, kelasi yil jahon chempionlik kamari uchun ringga ko‘tarilaman. 2024-yil uchun asosiy maqsadim ham shu”, - dedi Gʻiyosov.
Eslatib o‘tamiz, Shahram Gʻiyosov so‘nggi jangini shu yil iyun oyida amerikalik Harold Kalderonga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongan edi.