• 16 марта 2025 в 17:50
  • 22
  • 0

Samarqandda “Women’s Chess Championship-2025” turniri davom etmoqda

Bugun, 16 mart kuni Samarqandda davom etayotgan mukofot jamg‘armasi 50 ming AQSH dollaridan iborat “Women’s Chess Championship-2025” xalqaro turnirining 7-tur bahslari bo‘lib o‘tadi.

14 davlatning 150 nafarga yaqin shaxmatchi xotin-qizlari bosh sovrin uchun bahslar olib borayotgan turnirda ishtirokchilar “A” va “B” guruhlarida dona surmoqda. “A” guruhda FIDE reytingida 1800 dan yuqori bo‘lgan shaxmatchilar qatnashayotgan bo‘lsa, “B” guruhida reytingi 2000 va undan past bo‘lgan shaxmatchi qizlar ishtirok etmoqda.

Kecha ishtirokchilar uchun dam olish kuni sifatida belgilangan bo‘lib, bir kun muqaddam o‘tkazilgan 6-tur o‘yinlarida turnirning “A” guruhida polshalik Alisya Slivichka eronlik Melika Mohammadini mag‘lub etib, 5,5 ochko bilan yakka peshqadamga aylanib oldi. FIDE bayrog‘i ostida harakatlanayotgan rossiyalik Anna Shuxman Anastasiya Bodnarukni yengib, 5 ochko bilan 2-o‘ringa ko‘tarildi. 4,5 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘lgan Polina Shuvalova qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga 3-o‘rinni egallab turibdi.

6-turda hamyurtlarimizdan Afruza Hamdamova oq donalarda rossiyalik jahon chempioni Olga Girya bilan murosa yo‘lini tanladi va 4,5 ochko bilan kuchli yettilikdagi o‘rnini mustahkamladi.

Terma jamoamiz a’zolaridan Umida Omonova 4 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, 11, Nilufar Yakubboyeva 12,  Maftuna Bobomurodova 3,5 bilan 14-pog‘onalarda joy egallab turibdi. Guldona Karimova, Marjona Malikova va Nodira Nodirjonova hisobida 3,5 tadan ochko mavjud.

Bugun o‘tkaziladigan 7-tur bahslarida Afruza Hamdamova qora donalarda Polina Shuvalovaga, Umida Omonova singapurlik Gun Syanyun, Nilufar Yakubboyeva rossiyalik Yana Japova, Guldona Karimova hindistonlik Gupta Shubhi, Marjona Malikova rossiyalik Alena Volchkova, Nodira Nodirjonova oq donalarda Yekatirina Smirnova bilan kuch sinashadi.

Eslatib o‘tamiz, 9 turdan iborat “Women’s Chess Championship-2025” xalqaro turniri 19 martga qadar davom etadi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке ансамбль русской песни «Сувенир» отметил 20-летие творческой деятельности
      сегодня в 20:10   Кыргызстан
    Создана временная депутатская комиссия по изучению деятельности экстренных служб государственных органов КР
      сегодня в 21:40   Кыргызстан
    В Москве обсудили развитие двустороннего сотрудничества Таджикистана и России в сфере энергетики
      сегодня в 21:50   Таджикистан
    Хабибулло Вохидзода встретился с Послом Беларуси в Таджикистане
      сегодня в 22:00   Таджикистан
    Buxoro neftni qayta ishlash zavodining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish loyihalari taqdim etildi
      сегодня в 22:30   Узбекистан
    COP31. Делегация Таджикистана приняла участие в открытии Павильона «Вода для климата»
      сегодня в 22:20   Таджикистан
    В Душанбе проанализировали достижения двустороннего сотрудничества между Таджикистаном и Китаем
      сегодня в 22:50   Таджикистан
    Navoiy viloyatining sobiq hokimi Bahriddin Ro‘ziyev vafot etdi
      сегодня в 23:05   Узбекистан
    Сборная Таджикистана по футзалу сыграла вничью с Узбекистаном во втором товарищеском матче
      сегодня в 23:00   Таджикистан