Janubiy Koreyaning Vonju shahrida bodibilding va fitnes bo‘yicha o‘tkazilgan 14-jahon chempionatida o'zbekistonlik sportchilar 2 ta oltin medalni qo'lga kiritishdi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Terma jamoa a’zolaridan Baxshulla Sayfullayev bodibilding yo'nalishida, Shohruxmirzo Ergashev fizik yo‘nalishda ishtirok etib 45 ta davlatning sportchilaridan ustun kelishdi.
Shuningdek, hamyurtlarimizdan Ibrohim Latipov va Vitaliy Skripachev 4-o‘rinlarga sazovor bo‘lishdi.