Parijda dzyudo bo‘yicha nufuzli hisoblanuvchi “Katta Dubulg‘a” turniri o‘tkazilmoqda. Unga turli xil sport tashkilotlari rahbarlari, shuningdek sport yulduzlari, xususan, Islom Maxachev ham tashrif buyurdi.
Musobaqaning 73 kg gacha bo‘lgan vazn toifasidagi bahslar g‘olibi, Ishahara Tatsuki bo‘ldi. Hamyurtimiz Shaxram Ahadov esa bronzani qo‘lga kiritdi. Osiyo Olimpiya kengashi vitse prezidenti Otabek Umarov sportchilarga medallarni topshirdi.