• 29 декабря 2023 в 17:50
  • 0
  • 0

Magnus Karlsen Samarqandda rapid bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

Norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Rapid (tezkor shaxmat) bo‘yicha jahon chempionatida g‘olib chiqdi.

O‘tkazilgan o‘yinlar natijasida 33 yoshli sportchi 10 ochkoni qo‘lga kiritdi. Norvegiyalik sportchi so‘nggi turda Hindiston vakili Rameshbobo Pragnanandha bilan durang natija qayd etib, raqiblarini ortda qoldirdi.

«Baxtiyorman. Kechagi o‘yinlardan unchalik mamnun emasdim, shuning uchun vazifani murakkablashtirishga hojat yo‘q deb qaror qildim. Balki bugun men biroz ehtiyotkor o‘ynagandirman», deydi shaxmatchi. 

Shu tariqa Karlsen tezkor shaxmat bo‘yicha besh karra jahon chempioniga aylandi. U avval 2014, 2015, 2019 va 2022 yillarda ham jahon chempioni bo‘lgan.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev "Zagulba" qarorgohida tor doirada uchrashuv o'tkazdi
      02 июля 2025 в 23:05   Узбекистан
    В Бишкеке прошел антикоррупционный форум
      02 июля 2025 в 11:10   Кыргызстан
    Кыргызстан усиливает участие женщин в вопросах мира и устойчивого развития
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    Dam olish kunlari harorat asta-sekin pasaya boshlaydi
      вчера в 17:50   Узбекистан
    ОшГУ расширяет сотрудничество с Евразийским национальным университетом имени Л.Н. Гумилева
      03 июля 2025 в 19:10   Кыргызстан
    Кыргызстан и Китай укрепляют сотрудничество в сфере общественной безопасности
      02 июля 2025 в 09:40   Кыргызстан
    O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari tikuvchilik fabrikasini borib ko‘rdilar
      03 июля 2025 в 23:05   Узбекистан
    Слёт юных геологов объединил талантливую молодёжь со всего Таджикистана
      02 июля 2025 в 22:50   Таджикистан
    В Душанбе состоялась конференция по реализации Соглашения между министерствами финансов Таджикистана и Российской Федерации
      02 июля 2025 в 21:50   Таджикистан
    “Fitch Ratings” agentligi tomonidan O‘zmilliybank reytingi “BB” darajaga ko‘tarildi
      02 июля 2025 в 22:10   Узбекистан