• 29 мая 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

Toshkentda o‘quvchilar dars xonasida sigareta chekdi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi 28-umumta’lim maktabida o‘quvchilarning bir qismi dars vaqtida sigareta chekayotgani, qolgani esa telefon o‘ynab o‘tirgani tasvirlangan videolar tarqalgandi. Mazkur holat yuzasidan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, tumandagi 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2024 yil 25 yanvarga qadar faoliyat yuritgan I.Q ismli shaxs bir necha oydan buyon maktab direktori faoliyatiga noqonuniy aralashib, uni obro‘sizlantirishga uringan. Direktorga tuhmat qilib, asossiz videolar olib, ularni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan. Shuningdek, turli yuqori tashkilotlarga yolg‘on ma’lumotlar bilan murojaat qilgan.

Bildirilishicha, tarqalgan videolavha ham aynan I.Q tomonidan uyushtirilgan.

Aniqlanishicha, 5 oy muqaddam fuqaro I.Q 11-sinf o‘quvchilarining ishonchiga kirib, ulardan g‘arazli maqsadlarda foydalangan. Xususan, o‘quvchilarning videoda tasvirlangan holatini uning o‘zi tashkillashtirgan. Bundan maqsad ayni damda muassasada faoliyat yuritayotgan rahbariyatni obro‘sizlantirish, ijtimoiy tarmoqlarda sazoyi qilish bo‘lgan.

“Mazkur holatlar yuzasidan maktab direktori G.Sh o‘z vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga fuqaro I.Q ustidan shikoyat xati kiritgan. Ayni damda huquq-tartibot organlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    Завтра откроется 14-я Международная выставка «Книга Душанбе»
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Садыр Жапаров принял Председателя Милли Меджлиса Азербайджана
      сегодня в 13:40   Кыргызстан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан