Joriy yilning 27-yanvar kuni soat 21:00 larda Shayxontohur tumani Ko'kcha Darvoza ko'chasi Mumtoz tuyxonasi qarshisida 1995-yilda tug'ilgan F.R. boshqaruvida bo'lgan KIA rusumli avtomashinasi hamda Malibu 2 rusumli avtomashina (haydovchisi shifoxonaga olib ketilgan shaxsiga aniqlik kiritilmoqda) ishtirokida yo'l transport hodisasi sodir bo'lgan.
YTH natijasida Malibu 2 rusumli avtomashinasi haydovchisi tan jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Holat bo'yicha Toshkent shahar IIBB YHXB mas'ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.