• 26 декабря 2023 в 22:30
  • 0
  • 0

Retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxatini tasdiqlash SSV vakolatidan chiqarilmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Farmatsevtika sohasidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi. 

Ushbu qonun loyihasi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi vakolatidan retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxatini yiliga kamida bir marta tasdiqlash normasi va unga aloqador bo‘lgan bandlar chiqarilmoqda. Bu ortiqcha hujjatlarni rasmiylashtirish holatlarini bartaraf etadi. Amaliyotda ushbu tartib Sog‘liqni saqlash vazirligi Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkaziladigan buyruqni qabul qilishini nazarda tutadi. Bu esa bir muddat vaqtni talab qiladi. Ushbu vaqt davomida dori vositalarining o‘ramida va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasida retseptsiz berilishi ko‘rsatilganligiga qaramasdan ular Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxatiga kiritilguniga qadar ularni qo‘llash tartibi mavhum bo‘lib qolmoqda. Bunda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi ekspertlar kengashi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish maqsadida bir oyda kamida ikki marta yig‘ilish o‘tkazilishi inobatga olinsa, retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxatini shuncha marta yangilash va Adliya vazirligidan o‘tkazish zarur bo‘lmoqda. 

Qonun loyihasi bilan retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxatini Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanishini nazarda tutuvchi ortiqcha byurokratik norma chiqarib tashlanmoqda. Natijada dori vositalari Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi chog‘ida “Dori vositalarini retsept bilan va retseptsiz beriladigan dori vositalari toifasiga kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizom” asosida uning retseptsiz yoki retsept asosida berilishiga oid toifasi aniqlanadi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan dori vositasi avtomatik shakllantirilib boriladigan ro‘yxatda qayd etilib, ochiq veb-saytda joylashtiriladi. 

Shu bilan birga, qonun loyihasida dori moddalari (substansiyalar)ni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga oid normani bekor qilish nazarda tutilmoqda. Chunki bugungi kunda dori vositalarini ishlab chiqarish amaliyotiga joriy qilingan xalqaro standartlar (GMP) va sifat nazoratiga qo‘yilgan talablar doirasida substansiyalarni nazorat qilishning alternativ mexanizmlari joriy etilgan. 

Muhokamalarda qayd etilganidek, taklif etilayotgan yangiliklar sohadagi ayrim takrorlanuvchi va byurokratik talablarni bekor qilish orqali respublika aholisining sifatli, xavfsiz, samarador va arzon dori vositalari bilan ta’minlash darajasining oshishiga xizmat qiladi. 


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Праздник Навруза торжественно отметили в Гиссаре с участием гостей из Республики Узбекистан
      26 марта 2026 в 13:55   Таджикистан
    Представители сферы культуры Таджикистана и Узбекистана награждены орденами «Дусти» и «Дустлик»
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Комплекс «Калъаи Худжанд» является центром представления истории и культуры таджикского народа
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    КОННЫЕ СКАЧКИ. Эта национальная игра входит в число традиций Навруза
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Юношеская сборная Таджикистана (U-17) сыграла товарищеские матчи с командой Китая
      25 марта 2026 в 23:00   Таджикистан
    Канатбек Чыныбаев провёл встречу с послом Франц
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    В Худжанде состоялся региональный этап соревнований «Национальные игры»
      26 марта 2026 в 23:00   Таджикистан
    Садыр Жапаров принял председателя совета директоров и генерального директора швейцарской компании SICPA SA
      26 марта 2026 в 12:55   Кыргызстан
    Эрлист Акунбеков встретился с посолм Казахстана
      26 марта 2026 в 13:40   Кыргызстан
    Открылась Совместная промышленная выставка Республики Таджикистан в Республике Узбекистан
      26 марта 2026 в 21:50   Таджикистан