• 30 ноября 2023 в 22:30
  • 0
  • 0

Qumqo‘rg‘on hokimiga sovg‘a qilingan Equinox egasiga qaytarildi

Oktabr oyida "Qumtex Invest" MChJ rahbari Ural Begimqulov Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani hokimligiga Equinox avtotransport vositasini sovg‘a qilgandi. 2023-yilda ishlab chiqarilgan Equinox hokimlik balansiga qabul qilingandi. 

Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lib, narxi 408 million so‘mdan boshlanadigan Equinox hokimlikka bejizga sovg‘a qilinmagani, bunda manfaatlar to‘qnashuvi ehtimoli borligi aytilgandi. Jamoatchilik noroziligidan so‘ng 23-noyabrda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazib, hokimlikka korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish haqida taqdimnoma kiritgan.

Shundan so‘ng, 30-noyabr kuni Qumqo‘rg‘on tumani hokimi Equinox avtotransport vositalarini balansga qabul qilish to‘g‘risidagi farmoyishini bekor qilgan. Mazkur farmoyish ijrosini nazorat qilishni tuman hokimi o‘z zimmasida qoldirgan.

Qonunchilikka ko‘ra, tuman hokimlariga biriktiriladigan xizmat avtotransport vositalarining qiymati 1 000 bazaviy hisoblash miqdoridan, yaʼni 330 million so‘mdan oshmasligi talabi mavjud.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    Завтра откроется 14-я Международная выставка «Книга Душанбе»
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Садыр Жапаров принял Председателя Милли Меджлиса Азербайджана
      сегодня в 13:40   Кыргызстан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан