• 12 июля 2025 в 22:30
  • 0
  • 0

O‘zbekistonda to‘y qiluvchi odamlarning 25 foizidan ko‘prog‘i tadbir uchun qarz oladi

2025-yil 19-iyundan 3-iyulgacha “Yuksalish” harakati tomonidan aholi o‘rtasida “O‘zbekistonda to‘ylar” mavzusida so‘rovnoma o‘tkazildi.

So‘rovnoma maqsadi — asosiy tendensiyalarni aniqlash, yuqori to‘y xarajatlariga sabab bo‘layotgan omillarni belgilash, mavjud anʼanalarga bo‘lgan jamoatchilik kayfiyatini baholash hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Tadqiqot metodologiyasiTahlil so‘rovnoma natijalarini aks ettiruvchi jadval ma’lumotlariga asoslangan bo‘lib, quyidagi asosiy bloklarni o‘z ichiga oladi:• Geografik va demografik ma’lumotlar: viloyat, tuman, oilaviy holat.• Moliyaviy holat: oila o‘rtacha oylik daromadi.• To‘y amaliyoti: to‘y o‘tkazgan/ rejalashtirayotgan bo‘lishi, taxminiy qiymati, moliyalashtirish manbalari.• Qadriyatlar: katta xarajatlar zaruratiga bo‘lgan munosabat, xarajatlarning sabablari.• Ideal va istaklar: orzu qilingan to‘y formati, mablag‘larni muqobil yo‘nalishga sarflash variantlari, dabdabali to‘yga munosabat.• O‘zgarishlarga tayyorlik: to‘y anʼanalariga oid o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlash.

Mazkur hisobot aholining umumiy kayfiyati va tendensiyalarini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan ilmiy-ommabop ijtimoiy tadqiqot bo‘lib, u amaliy va axborot xarakteriga ega. Shu sababli, akademik tadqiqotlarga xos statistik xatolik va ishonchlilik darajasi hisob-kitob qilinmagan.

So‘rovnoma onlayn shaklda, ijtimoiy tarmoqlar va hamkorlikdagi platformalar orqali o‘tkazildi. Maʼlumotlar tizimlashtirilib, tahlil qilindi. Mazkur hisobot – ushbu tahlil va natijalar sharhidir.

So‘rovnomada jami 1247 kishi ishtirok etdi. Shundan:• 18-30 yosh — 34,3%• 30-45 yosh — 35,5%• 50 yoshdan katta — 30,2%

Oilaviy holati bo‘yicha:• Turmush qurganlar — 71,13%• Turmush qurmaganlar — 24,38%• Javob bermaganlar — 4,49%

So‘rovnomada qatnashgan respondentlarning aksariyati turmush qurgan bo‘lib, bu ularning to‘y anʼanalari va xarajatlari mavzusidan bevosita xabardor ekanligini ko‘rsatadi.

Tadqiqot poytaxt, viloyat markazlari va tumanlarni o‘z ichiga olgan holda mamlakatning turli hududlaridan bo‘lgan respondentlarni qamrab olgan. So‘rovnomada mamlakatning barcha hududlaridan fuqarolar ishtirok etgan.

Maʼlumotlar tahlili O‘zbekistonda to‘y marosimlari atrofidagi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy vaziyatni aks ettiruvchi qator muhim xulosalarni chiqarish imkonini berdi.

“Oxirgi yillarda oilangizda to‘y bo‘lganmi yoki rejada bormi?” degan savolga aksariyat respondentlar “to‘y o‘tkazganmiz yoki rejalashtiryapmiz” deb javob bergan.

1. Xarajat va daromadlar nomutanosibligiKo‘pchilik oilalarning daromad darajasi bilan to‘y uchun qilinayotgan yoki rejalashtirilgan xarajatlar o‘rtasida sezilarli tafovut kuzatilmoqda.

Respondentlarning oila byudjeti bo‘yicha o‘rtacha oylik daromad taqsimoti quyidagicha ko‘rinishda:

Daromadlar: Respondentlarning katta qismi — 81,24% (ayniqsa, viloyatlarda yashovchilar) — o‘z oilasining o‘rtacha oylik daromadini 5 million so‘mdan 12 million so‘mgacha deb ko‘rsatgan.

“To‘yga taxminan qancha pul sarflagansiz (yoki sarflashni rejalashtiryapsiz)?” degan savolga esa respondentlar quyidagi javoblarni bergan:

30 million so‘mgacha — 31,28%• 50 million so‘mgacha — 23,98%• 70 million so‘mgacha — 15,72%• 100 million so‘mgacha — 15,88%• 100 million so‘mdan ortiq — 9,62%

Xarajatlar: rejalashtirilgan yoki amalda sarflangan mablag‘lar ko‘pincha (umumiy respondentlarning 65,2%) 50 million so‘mdan 100 million so‘mgacha yoki undan ham ko‘proqni tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich ko‘plab oilalar uchun bir yillik daromadga teng yoki undan ham yuqori bo‘lishi mumkin.

Moliyalashtirish manbalari:Shunga mos ravishda, aksariyat respondentlar to‘y xarajatlarini shaxsiy jamg‘armalari hisobidan emas, boshqa manbalar orqali qoplaganliklarini bildirgan. Asosiy moliyaviy manbalar quyidagilar bo‘lgan:

• “O‘zim va yaqinlarim yordamida” — bu javobni 55,17% respondent tanlagan. Bu natija to‘y xarajatlarining jamoaviy moliyalashtirilayotganini ko‘rsatadi — ya’ni, og‘irlik faqat kelin-kuyov emas, balki ularning ota-onalari va qarindoshlariga ham tushadi.• “Qarz olganman / olaman” — degan javobni 25,1% respondent bergan. Bu esa aholi o‘rtasida to‘y tufayli yuzaga kelgan qarzdorlik darajasining yuqoriligini anglatadi.• “Daromadim yetarli” — deb hisoblaganlar 14,11%.• Javob bermaganlar — 5,62%.

Bu raqamlar shuni ko‘rsatadiki, to‘y — ko‘plab oilalar uchun ulkan moliyaviy yuk, ularning mavjud daromadlariga mutlaqo mos kelmaydi va qarzga botiradi, bu esa yangi turmush boshlayotgan oilalar yoki ularning ota-onalari uchun moliyaviy barqarorlikka jiddiy xavf tug‘diradi.

2. Xarajatlarning asosiy harakatlantiruvchi omili — ijtimoiy va ota-onaviy bosim“To‘yga katta xarajat qilishga nima sabab bo‘ladi?” degan savolda respondentlarga bir nechta variantni tanlash imkoniyati berilgan bo‘lib, ular ko‘pincha shaxsiy istaklardan ko‘ra tashqi omillarni ko‘rsatgan.

• “Jamiyat bosimi / elga to‘y berishim kerak degan majburiyat” — 46,11% respondent aynan shu javobni tanlagan.Bu eng yetakchi sabab bo‘lib, to‘y jamiyat nazarida baholanadigan ommaviy tadbir sifatida qaralishi madaniyatimizda chuqur ildiz otganini ko‘rsatadi. "Uyat"dan qo‘rqish va "yuzimiz yerga qaramasin" degan istak oilalarni o‘z imkoniyatlaridan ortiqcha xarajatlarga majbur qilmoqda.

• “Yoshlarning orzu-havasi” — 31,36% respondentlar bu variantni tanlagan.• “Ota-onaning orzu-havasi” — 29,03%. Bu ikkinchi muhim omil hisoblanadi. Ko‘pincha katta avlod hashamatli to‘y o‘tkazishda qat’iy turib oladi, bu orqali ular o‘z ambitsiyalarini ro‘yobga chiqarib, qarindoshlar hamda jamiyat oldidagi “burchini” ado etayotganini his qiladi.• “Quda tomonning talabi” — 16,6% respondent bu holatni muhim deb hisoblagan. Bu ikki oilaning kimo‘zarga harakat qilishga undovchi omil sifatida ta’riflangan.

Shunday qilib, yuqori to‘y xarajatlari ko‘proq yoshlarning shaxsiy tanlovidan emas, balki katta ijtimoiy bosim va ota-onalar hamda jamiyat kutgan umidlar natijasida yuzaga kelayotgan holatdir.

“Sizningcha, atrofdagilar bosimi oilalarni qimmatbaho to‘y o‘tkazishga majbur qiladimi?” degan savolga berilgan javoblar jamiyatdagi fikrlar bo‘linishini, ammo bosim mavjudligini tan olganlar ko‘pchilikni tashkil qilishini ko‘rsatdi.

• “Yo‘q, bu har bir oilaning shaxsiy ishi” — deb hisoblaganlar 34%• “Ha, albatta” — deb javob berganlar 30,05%• “Ko‘proq ha, deb o‘ylayman” — 19,95%• “Ko‘proq yo‘q, deb o‘ylayman” — 11,54%• Javob bermaganlar — 3,76%

Garchi eng katta guruh to‘y xarajatlarini shaxsiy tanlov deb hisoblasa-da, respondentlarning qariyb yarmi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita jamiyat bosimini tan olgan. Bu jamiyatda ichki ziddiyat mavjudligini ko‘rsatadi: bir tomondan — erkin tanlovga intilish, boshqa tomondan esa — an’analar va ijtimoiy kutishlarning kuchli ta’siri.Natijalar bosim haqidagi qarashlar turlicha bo‘lsa-da, uning mavjudligi aholining muhim qismiga taalluqli dolzarb muammo ekanini ta’kidlaydi.

3. Ideal va haqiqat o‘rtasidagi tafovut: kamtaronalik istagi va isrofgarchilik amaliyoti

So‘rovnoma natijalari jamiyatda ichki qarama-qarshilik mavjudligini ochib beradi.

Ideal to‘y formati: “To‘y qanday bo‘lishi kerak?” degan savolga respondentlarning aksariyati — 39,62% — "Kamtarona" yoki "O‘rtacha, yaqinlar davrasida" kabi variantlarni tanlagan."Dabdabali, hashamatli" variantini esa atigi 6,66% respondent afzal ko‘rgan.

• Dabdabali to‘ylar borasidagi munosabat: Ko‘plab respondentlar dabdabali to‘ylar — bu “keraksiz stress va qarzlarga sabab” degan fikrni ma’qullagan

va ko‘p mablag‘ sarflanganlaridan afsuslanishlarini bildirganlar — respondentlarning 44,51% ini tashkil etadi.

Bu jamiyatda dabdabali to‘ylarning samarasizligi haqida aniq tushuncha mavjudligini va ko‘proq kamtarona to‘ylar o‘tkazishga bo‘lgan kuchli istak borligini anglatadi. Biroq bu ratsional yondashuv ijtimoiy me’yorlar va an’analar to‘sig‘ini yenga olmayapti. Odamlar ikki o‘t o‘rtasida qolgan: sarflashni istamaydilar, ammo majbur bo‘lishmoqda.

• Afzal ko‘rilgan muqobil variantlar: agar tanlov imkoni bo‘lsa, respondentlar mablag‘ni quyidagi yo‘nalishlarga sarflashni afzal ko‘rgan bo‘lardilar:– taʼlim olishga,– uy-joy sotib olishga,– sayohatlarga,– sog‘lig‘ini tiklashga,– biznesga sarmoya kiritishga.

So‘rov natijalari shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston aholisi dabdabali to‘ylar o‘rniga mablag‘ni kelajakka yo‘naltirishga tayyor — bu ta’lim, uy-joy xaridi, sog‘liqni tiklash yoki biznesni rivojlantirish kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Bu esa aholining moliyaviy savodxonlikka intilishi va uzoq muddatli rejalashtirishga bo‘lgan ehtiyoji borligini anglatadi.

4. Islohotlarga tayyorlik va aniq takliflar

Respondentlar to‘y an’analarini optimallashtirishga qaratilgan aniq o‘zgarishlarga yuqori darajadagi tayyorlikni namoyish etishdi.

“Sizningcha, yashab turgan hududingizda to‘y xarajatlariga munosabatni qanday o‘zgartirish mumkin?” degan savolga ko‘pchilik quyidagilarni yechim sifatida ko‘rsatdi:

Ma’muriy choralar joriy etish,Aholi o‘rtasida targ‘ibot va ma’rifiy ishlarni kuchaytirish,Moliyaviy savodxonlikni oshirish.

Bu takliflar ijtimoiy ongda muqobil yondashuvlar uchun tayyorlik borligini hamda an’analarni qayta ko‘rib chiqishga ehtiyoj ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Quyidagi o‘zgarishlar ko‘proq qo‘llab-quvvatlangan:

• “Mehmonlar soni va marosim ko‘lamini qisqartirish” — bu taklifni 35,69% respondent ilgari surgan.• “To‘ydan keyingi ayrim marosimlarni kamaytirish” — deb hisoblaganlar 31,44%.• “To‘ydan oldingi ayrim marosimlarni qisqartirish” — bu fikrni 37,61% respondent qo‘llab-quvvatlagan.

Eng kam qo‘llab-quvvatlangan pozitsiya esa:• “Hech qanday o‘zgarish kerak emas” — bu fikrni atigi 7,14% respondent bildirgan.

Bu raqamlar aholining aksar qismi to‘y marosimlarini soddalashtirishga tayyorligini va jamiyatda o‘zgarishlarga ijtimoiy buyurtma shakllanayotganini tasdiqlaydi.

Xulosa:O‘zbekistonda to‘y an’analarini isloh qilish va soddalashtirish bo‘yicha kuchli ijtimoiy buyurtma mavjud. Aholi eng qimmat va charchatadigan marosimlardan voz kechishga tayyorligini bildirgan.

So‘rovnoma asosidagi umumiy xulosalar:O‘zbekistondagi zamonaviy to‘y xarajatlari ko‘plab oilalarni qarzga botirayotgan bo‘lib, bu ularning turmushni boshlash imkoniyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.Isrofgarchilikning asosiy sababi shaxsiy istaklar emas, balki ijtimoiy bosim, “ko‘z-ko‘z qilish” madaniyati va katta avlodning kutishlari hisoblanadi.Jamiyatda ratsional fikrlash (xarajatlarni kamaytirish zarurati) bilan an’anaviy irratsional xatti-harakatlar (odamlar nima deydi degan qo‘rquv) o‘rtasida ichki ziddiyat mavjud.Ko‘pchilik aholining fikricha, to‘y marosimlarini soddalashtirish, hajmini kamaytirish va ortiqcha odatlardan voz kechish zarur va qo‘llab-quvvatlanadi.Tavsiyalar:1. Davlat va jamoatchilik darajasida:

• Axborot-ma’rifiy kampaniya:OAV (TV, internet, ijtimoiy tarmoqlar) orqali “dabdababozlik – stress va qarz” degan g‘oya asosida umumxalq kampaniyasi olib borish. Kampaniya moliyaviy savodxonlik va ruhiy bosim mavzulariga urg‘u beradi.

• Mashhur shaxslarni jalb qilish:Aktyorlar, qo‘shiqchilar, blogerlar, sportchilar, din arboblari kabi ta’sirga ega shaxslar orqali kamtarin to‘y g‘oyasini targ‘ib qilish. Ularning shaxsiy namunasi jamoatchilik fikriga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.

• Mahalla va oqsoqollarga vakolat berish:To‘y rejalashtirayotgan oilalar bilan tushuntirish ishlarini olib borish, soddaroq to‘y qilganlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish.

• Mehmonlar soni va vaqtni cheklash bo‘yicha qonun ijrosini nazorat qilish:Shaharlik hokimliklar bilan hamkorlikda tavsiya etiladigan tartib va me’yorlarni ishlab chiqish.

2. Ta’lim muassasalari va moliyaviy tashkilotlar uchun:

• Maktab va OTM dasturlariga maxsus kurslar kiritish:Oila byudjeti, moliyaviy rejalashtirish, iste’mol kreditlarining xavfi haqida darslar o‘tkazish.

• Yosh oilalar uchun maxsus jamg‘arma hisoblarini yaratish:Masalan: “Uy uchun”, “Ta’lim uchun” — bu to‘y kreditlariga sog‘lom muqobil bo‘lishi mumkin.

3. Oilalar va yangi turmush qurayotganlar uchun:

• Ota-onalar va yoshlar o‘rtasida ochiq muloqotni rag‘batlantirish:Yoshlar o‘z istaklarini (uy, biznes, ta’limga sarmoya) ochiq aytishga jur’at etsin, ota-onalar esa ularni eshitsin.

• To‘y — tomosha emas, yangi oilaning boshlanishi degan g‘oyani ilgari surish:Bayram o‘zlari uchun bo‘lishi kerak, yuzlab tanish-begonalar uchun emas.

Xulosa:To‘y xarajatlarining haddan tashqari oshib ketishini hal qilish uchun ma’rifat, jamoatchilik bosimi va sog‘lom odatlarni rag‘batlantiruvchi tizimli yondashuv zarur.Jamiyat o‘zgarishlarga tayyor, endi esa ularni amalga oshirish uchun aniq harakatlar kerak.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    За полгода в Хатлонской области построили 18 спортивных объектов
      13 июля 2025 в 23:00   Таджикистан
    O‘zbekiston va Pokiston mudofaa sanoati sohasida hamkorlik o‘rnatyapti
      12 июля 2025 в 23:05   Узбекистан
    «САМУРАЙ БЕЗ МЕЧА». Произведение японского писателя переведено и издано на таджикском языке
      12 июля 2025 в 13:55   Таджикистан
    Ulug‘bek Rashidov diskvalifikatsiya qilinganiga izoh berdi
      13 июля 2025 в 17:50   Узбекистан
    В ГБАО объём валового регионального продукта составил 873 миллиона сомони
      вчера в 21:50   Таджикистан
    В дехканском хозяйстве «Ходжи Адхамхон» установили 56 солнечных панелей
      12 июля 2025 в 21:50   Таджикистан
    O‘zbekistonda to‘y qiluvchi odamlarning 25 foizidan ko‘prog‘i tadbir uchun qarz oladi
      12 июля 2025 в 22:30   Узбекистан
    O‘zbekistonning tashqi qarzi 68 mlrd dollardan oshdi
      12 июля 2025 в 22:10   Узбекистан
    В Душанбе и районах республиканского подчинения разъясняют правила поведения у водоёмов и рек
      12 июля 2025 в 22:00   Таджикистан
    В этом сезоне IRS проведёт текущий ремонт 100 километров дорог
      13 июля 2025 в 21:50   Таджикистан