• 23 июня 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

Organizm ichki yog‘i nimasi bilan xavfli va uni qanday kamaytirish mumkin?

Qorin bo‘shlig‘idagi ichki organlar, masalan, jigar, oshqozon osti bezi va ichaklar atrofida to‘planadigan yog‘larning bir turi visseral (ichki) yog‘ deb ataladi. U teri osti yog‘idan farq qiladi va salomatlik uchun zararlidir.

Bunday yog‘ qandli diabetning 2-turi, yurak-qon tomir kasalliklari, insult va saratonning baʼzi turlari kabi xastaliklarga chalinish xavfini oshiradi. Shuningdek, visseral yog‘ metabolik faol, yaʼni gormonal fonga va moddalar almashinuviga taʼsir qiladi.

Visseral yog‘ning to‘planishiga xizmat qiluvchi omillar quyidagilar:

noto‘g‘ri ovqatlanish (shakar va to‘yingan yog‘larni haddan tashqari ko‘p isteʼmol qilish);

jismoniy faollikning kamligi;

kortizol darajasining oshishiga olib keluvchi stress holatlari;

genetik moyillik;

yoshning oshishi, chunki yillar davomida metabolizm sustlashadi.

Visseral yog‘ miqdorini kamaytirish uchun nimalar qilish kerak?

Buning uchun avvalambor jismoniy faollik zarur. Yugurish, piyoda yurish, suzish, velosipedda uchish kabi muntazam aerobik mashqlar kaloriyalarni yoqish va ichki organlardagi yog‘ni kamaytirishga yordam beradi. Buning uchun haftada kamida 150 daqiqa o‘rtacha jismoniy mashqlar tavsiya etiladi. Shuningdek, og‘irlik ko‘tarish kabi mashg‘ulotlar mushaklar massasini oshirib, metabolizmni tezlashtiradi.

Ikkinchi o‘rinda esa muvozanatli ovqatlanish zarur. Bunda organizm uchun kerak bo‘lgan barcha oziq moddalarni taʼminlaydigan turli xil taomlarni isteʼmol qilish tavsiya etiladi. Ratsionning asosini sabzavot, mevalar, don mahsulotlari, yog‘siz go‘sht, baliq, dukkaklilar va turli yong‘oqlar tashkil qilishi kerak.

Shakar va rafinatlangan uglevodlar isteʼmolini cheklagan maʼqul. Shirinliklar, oq non, makaron va shirin ichimliklardan tiyiling.

Zaytun yog‘i, yong‘oq va yog‘li baliqlardan olingan sog‘lom yog‘larni ratsionga kiritish maqsadga muvofiq. Trans yog‘lardan saqlaning va to‘yingan yog‘larni isteʼmol qilishni cheklang.

Navbatdagi tavsiya stressni boshqarish bo‘lib, buning uchun meditatsiya, chuqur nafas olish, yoga yoki boshqa dam olish usullarini mashq qilish foydadan xoli emas. Yetarli vaqt (sutkasiga 7-9 soat) va sog‘lom uyqu ham juda muhim. Sababi uyquga to‘ymaslik ham visseral yog‘ning ortishiga yo‘l ochadi. Shuning uchun kuningizni shunday tashkil qilingki, dam olish va tiklanish uchun vaqt yetarli bo‘lsin.

Bundan tashqari, visseral yog‘ darajasini va umumiy sog‘lig‘ingizni kuzatib borish uchun muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tib turing.

Hayot tarziga o‘zgarishlar kiritish va sog‘lom turmush tarzini yuritish albatta o‘z natijasini beradi. Asosiysi, umumiy salomatlik holatini yaxshilash va surunkali kasalliklarning rivojlanish xavfini kamaytirishga erishish mumkin. 


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Книга «Канон врачебной науки» ибн Сино получила главный приз Международного конкурса
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Shavkat Mirziyoyev FAO bosh direktori Syuy Dun’yuyni qabul qildi
      05 сентября 2024 в 23:05   Узбекистан
    Olaf Shols O‘zbekistonga keladi
      06 сентября 2024 в 23:05   Узбекистан
    Акылбек Жапаров посетил ряд объектов в Чуйской области
      сегодня в 12:55   Кыргызстан
    O'zbekiston Senati raisi BMT Bosh kotibining oliy vakili bilan uchrashdi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O‘zbekiston Paralimpiya o‘yinlarida oltin medallar bo‘yicha eng yaxshi natijasini yangiladi
      06 сентября 2024 в 17:50   Узбекистан
    В Оше отметили 90-летие Апаса Джумагулова
      06 сентября 2024 в 15:10   Кыргызстан
    Садыр Жапаров принял министров внутренних дел ОТГ
      06 сентября 2024 в 13:40   Кыргызстан
    В Жогорку Кенеше подняты вопросы коррупции в учреждениях образования и здравоохранения
      05 сентября 2024 в 20:55   Кыргызстан
    Parij—2024 Paralimpiya o‘yinlarida medallar jamlanmasi bo'yicha 13-o‘rinni egallab turibdi
      сегодня в 17:50   Узбекистан