• 28 июля 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

Keksalarda suyak sinishi xavfini oshiruvchi omil aniqlandi

Tezda tik oyoqqa turganda birdan bosh aylanishidek yoqimsiz holat ko‘pchiligimizga tanish. Lekin keksalarda bosh aylanishining nojo‘ya taʼsirining oldi olinmasa, tuzatib bo‘lmaydigan asoratlarga olib kelishi mumkin. Keksa yoshda yiqilib, masalan son suyagining sinishi holatlarining deyarli yarmi 12 oy ichida erta o‘limga olib keladigan bir qator salomatlik bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi.

30 ming nafarga yaqin keksalar ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqotda olimlar odatiy qon bosimini tushiradigan dori vositalari vaqtinchalik past qon bosimi xuruji tufayli to‘satdan bosh aylanishini keltirib chiqarishi, bu esa shundoq ham muvozanat bilan bog‘liq muammolari bo‘lgan yoshi ulug‘ insonlarda yiqilish va jiddiy jarohatlar olish xavfini yana-da oshirishini aniqladi.

Bunday dorilarni qabul qilishni boshlagandan keyin 30 kun ichida son, tos, yelka, qo‘l suyagi singan 29 648 nafar keksa bemorlardan olingan maʼlumotlarni baholagan tadqiqotchilar, qon bosimini tushirishni boshlashdan keyingi 30 kunlik sinish xavfini potensial kovariatlarga o‘zgartirgandan so‘ng yiliga 100 kishiga 5,4 ni tashkil etganini aniqladilar. Dorilarni qabul qilmaydiganlar uchun xavf ikki baravar kamayib, ko‘rsatkich yiliga 2,2 kishiga tushdi.

Demensiya yoki yuqori sistolik qon bosimi bo‘lgan odamlarda ham yiqilish xavfi yuqori, ammo eng yaxshi natijalar qon bosimini tushiruvchi vositalarni yaqin orada qabul qilmagan bemorlarda kuzatildi.

Olimlarning aytishicha, suyak sinishi ko‘pincha qariyalarning faolligini tushirib yuboruvchi omil hisoblanadi. Masalan, son suyagini sindirib olganlarning taxminan 40 foizi bir yil davomida vafot etadi, shuning uchun ham bunday dorilarni qabul qilishni endi boshlayotgan qariyalarga g‘amho‘rlik qilish, ular uchun xavfsiz muhitni yaratish, ko‘proq dam olishiga eʼtibor qaratish muhim. 


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Садыр Жапаров принял председателя Национального банка Швейцарии
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бишкеке прошел открытый форум «Образование, меняющее эпоху»
      вчера в 19:10   Кыргызстан
    Адылбек Касымалиев встретился с Президентом Туркменистана Сердаром Бердымухамедовым
      вчера в 17:40   Кыргызстан
    Садыр Жапаров сделал заявление для СМИ по итогам переговоров с Председателем Совета Министров Того Фором Эсcозимной Гнассингбе
      вчера в 18:25   Кыргызстан
    В селе Панфиловское открыли отреставрированный памятник Ивану Панфилову
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Какую позицию займёт официальный Казахстан после варварского удара Украины по спящим детям в Старобельске?
      вчера в 19:58   Казахстан
    Таджикистан и Азербайджан создают совместный деловой совет
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonda $3 mlrdlik 20 ta yangi loyihani ko‘rib chiqmoqda
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Termizda 217 tup daraxt noqonuniy kesilishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi
      вчера в 22:30   Узбекистан
    Баходур Шерализода в Нью-Йорке и Вашингтоне встретился с партнёрами по развитию и международными институтами климатического сотрудничества
      вчера в 22:20   Таджикистан