• 18 июня 2025 в 22:30
  • 0
  • 0

«Farmatsevtikada tez foyda kutmang, bu — uzoq muddatli biznes» — Abdulla Azizov

Farmatsevtika sohasi tez foyda keltiradigan biznes turi emas, chunki ishlab chiqarishning to‘liq siklini qurish va ishga tushirish kamida to‘rt yil davom etadi. Bu haqda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi rahbari Abdulla Azizov maʼlum qildi.

«Baʼzilar aytishadi, masalan, „Nega tezda rivojlansa bo‘lmaydi farmatsevtikada?“. Shuni to‘g‘ri tushunib olishimiz kerak. Farmatsevtika korxonasining qurilishiga minimum ikki yil kerak», — deya taʼkidladi u.

Azizovning so‘zlariga ko‘ra, qurilish tugallangach, «barcha uskunalar to‘g‘ri ishlayotganiga» ishonch hosil qilish uchun validatsiyaga yana olti oy kerak bo‘ladi. So‘ng ishlab chiqaruvchi olti oydan to‘qqiz oygacha GMP tekshiruvidan o‘tishi va muvofiqlik sertifikatini olishi kerak bo‘ladi.

Keyin preparatni ro‘yxatdan o‘tkazish, jumladan, klinik sinovlarni o‘tkazish uchun bir yilgacha vaqt ketadi.

«Va shunga qaraysizki, to‘rt yildan oshib ketadi muddat. To‘rt yildan keyin o‘sha ishlab chiqarish boshlanadi. Bilasiz, bozorga yangi kirib kelsa, sizning mahsulotingizni hamma birdan sotib olmaydi. U tanilishi kerak, odamlar bilishi kerak, doktorlar bilishi kerak. Shuning uchun farmatsevtika sohasi biroz muddat talab qiladigan soha hisoblanadi», — dedi agentlik rahbari.

Shuning uchun, dedi Azizov, farmatsevtika uzoq muddatli biznes bo‘lib qolmoqda va «qisqa muddatda undan katta foyda kutib bo‘lmaydi».

«Baʼzi tadbirkorlar shoshib qo‘yishadi-da, menga uchraydi, ikki yilda katta foyda chiqdi, deb. Aytaman: «Yo‘q, noto‘g‘ri qilibsizlar, chunki sizlar hisob-kitobni noto‘g‘ri qilgansizlar. Sizlarda qurib bo‘lgandan keyin shunaqa protsesslardan o‘tish kerak», — dedi u.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан