• 25 мая 2024 в 22:30
  • 0
  • 0

Davlat xizmatlarini ko'rsatishda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli joriy qilinadi

Farmonga muvofiq, aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko'rsatish sohasida qo'shimcha qulaylik yaratish maqsadida shunday tartib o'rnatilsinki, unga muvofiq:

2024-yil 1-iyuldan:

- Mobile-ID tizimida fuqarolarni identifikatsiya qilish ularning xohishiga ko'ra ID-karta va xorijga chiqish biometrik pasportini davlat xizmatlari markazlari orqali rasmiylashtirish jarayonida kompozit shaklda amalga oshiriladi;

- avval davlat ro'yxatidan o'tkazilgan (davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risida guvohnoma berilgan yoki huquqni belgilovchi hujjatga ustxat yozish yo'li bilan tasdiqlangan) va hozir ham amalda bo'lgan ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlar to'g'risidagi ma'lumotlarni elektron tarzda davlat reyestriga kiritish va bu haqida davlat reyestridan ko'chirma berish bepul amalga oshiriladi;

- noturar joylarni boshqa shaxsga o'tkazishga oid bitimlarni rasmiylashtirish bitim tomonlari davlat xizmatlari markaziga kelgan va ularning shaxsi markaz xodimi tomonidan aniqlashtirilgan holda amalga oshiriladi hamda rasmiylashtirilgan bitim bir vaqtning o'zida davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun kadastr organlariga yuboriladi;

2024-yil yakuniga qadar:

- davlat xizmatlarini ko'rsatishda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli joriy qilinadi;

Bunda, fuqarolar tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talab etilmaydi.

- fuqarolar tomonidan davlat xizmatlari markazlari hamda notarial idoralar orqali Mobile-ID tizimida identifikatsiya va qayta identifikatsiyadan o'tish bepul asosda amalga oshiriladi.

Farmonga ko'ra, yuridik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

- maktablarda “Huquq sinfi” va huquq fanlari chuqurlashtirilgan holda o'qitilishini tashkil etish orqali yuridik kadrlarni tayyorlashda “maktab – litsey – texnikum – universitet” tizimini joriy etish;

- Namangan va Samarqand viloyatlari yuridik texnikumlari negizida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylarini tashkil qilish hamda ularning iqtidorli bitiruvchilarini “yurisprudensiya” yo'nalishidagi oliy ta'lim muassasalariga suhbat asosida test sinovlarisiz qabul qilish.

Quyidagi institutlar tashkil etiladi:

- Adliya vazirligi huzurida Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti;

- Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta'sirini baholash instituti.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    Завтра откроется 14-я Международная выставка «Книга Душанбе»
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Садыр Жапаров принял Председателя Милли Меджлиса Азербайджана
      сегодня в 13:40   Кыргызстан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан